Afg‘oniston mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, uchrashuvda tomonlar xavfsizlik holati va chegara masalalarini muhokama qilgan.

«Ushbu uchrashuvda tomonlar ikki davlat chegarasi orqali xavfsizlikni yaxshilash, muammolarni hal qilish, chegara kuchlari o‘rtasida zarur muvofiqlashtirish va aloqani ta’minlash hamda boshqa masalalarni muhokama qildi.

Ayni paytda tomonlar o‘z muammolarini muloqot yo‘li bilan hal qilishga va kelajakda ehtimoliy chegara buzilishlarining oldini olishga kelishib oldi», - deyiladi bayonotda.

Ma’lum qilinishicha, afg‘on tomoni delegatsiyasiga 6-chegara brigadasi qo‘mondoni Mansur Mavlaviy, O‘zbekiston delegatsiyasiga esa polkovnik Xoliq Nazar boshchilik qilgan.