Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Gayana bilan diplomatiya munosabatlarini o‘rnatdi
Gayana O‘zbekiston bilan diplomatiya munosabatlarini o‘rnatgan 142-davlatga aylandi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
10 oktabr kuni Nyu-York shahrida (AQSh) O‘zbekiston va Gayana o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolandi.
Hujjatni ikki davlat hukumati nomidan O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibrohimov va Gayananing BMTdagi doimiy vakili Karolin Rodrigez Birket imzoladi.
Gayana davlati Janubiy Amerika shimoli-sharqiy sohilida joylashgan, Britaniya Hamdo‘stligi, Amerika davlatlari tashkilotiga a’zo.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini tasdiqladi. Hamkorlik yo‘nalishlarini izlash uchun ikki tomonlama aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Hujjat imzolanishi O‘zbekistonning Janubiy Amerika davlatlari bilan o‘zaro hamkorligini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:25 / 27.03.2026
Qurollanish yoki diplomatiya: tartibsiz dunyoda davlatlar qanday yashab qolishi mumkin?
18:59 / 04.03.2026
Turkiya va O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 34 yilligini nishonlamoqda
07:19 / 04.03.2026
Dunyodagi eng obro‘li davlatlar - 2026 yil ro‘yxati
20:21 / 15.01.2026