“Nogironligi bölgan şaxslar jamiyatlariga tegişli taşkilotlarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş hamda nogironligi bölgan şaxslar bandligiga kömaklaşişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Yagona iştirokçisi nogironligi bölgan şaxslar jamoat birlaşmalari hisoblangan yuridik şaxslar işlab çiqarayotgan mahsulotlar: körgazma yarmarkasi doimiy tarzda ötkaziladi; hajmi va texnik parametrlari töğrisidagi axborotlar 2022 yil 15 noyabrga qadar Elektron kooperatsiya portaliga joylaştiriladi; 2023 yil 1 yanvarga qadar yagona reyestri yuritilişi taşkil etiladi.

2023 yil 1 yanvardan boşlab davlat xaridlari doirasida tegişli taşkilotlar xarid predmeti hajmi kamida 10 foizi miqdorida öz hududida reyestrga kiritilgan korxonalar işlab çiqargan tovarlarni sotib oladi.

2022 yil davomida tajriba tariqasida Nukus va Toşkent şaharlarida hamda 2023 yildan boşlab qolgan hududlarda “Imkoniyatlar markazi” faoliyati taşkil etiladi.

“Imkoniyatlar markazi”: nogironligi bölgan şaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş maydoni sifatida faoliyat yuritadi; nogironligi bölgan şaxslar qiziqişidan kelib çiqqan holda kasb-hunarga öqitişga kömaklaşadi.