Samarqand viloyat IIB axborot xizmatining xabar berişiça, bugun, 2022 yil 13 oktyabr kuni soat 8:10 larda Samarqand şahridagi Mirzo Uluğbek köçasida ikkita avtobus haydovçisining özaro janjali ayançli yakun topgan.

Ma’lum bölişiça, yölovçi taşiş bilan şuğullangan ikkita avtobus haydovçisi bekatda özaro gap talaşib, janjallaşib qolgan. Söng oldinda turgan haydovçi avtobusni örnidan jildirayotganda ikkinçi avtobus haydovçisi kelib uning eşigiga osilgan.

Birinçi avtobusning haydovçisi uni töxtatmasdan, aksinça tezlikni oşirgan. Şu paytda avtobus eşigiga osilib kelayotgan haydovçi tuşib ketgan. Harakatlanayotgan avtobus uni bosib ötib, voqea joyidan ketib qolgan.

Oqibatda, ikkinçi avtobus haydovçisi oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Turli şaharlarda avtobus haydovçilarining yölovçi yoki yöl talaşib özaro janjallaşişi, bir-birini quvib ötiş uçun poyga uyuştirişi tez-tez sodir bölib turadi.

Jumladan, 2022 yil 11 aprel kuni Toşkent viloyati Qibray tumanida poyga uyuştirgan avtobus haydovçisi YTH keltirib çiqargandi. Şuningdek, 2021 yil 14 oktyabr kuni Samarqand şahridagi yönalişlardan birida odam taşigan haydovçi öz boşqaruvidagi avtobus bilan yölovçilarning hayotini xavf ostiga qöyib, qarama-qarşi yönalişga çiqib harakatlangandi.