Xalqaro qizlar kuni 10 yilligi munosabati bilan Birlaşgan millatlar taşkiloti Bolalar jamğarmasi (YuNICeF) ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) könikmalarini rivojlantiriş orqali qizlar yetakçilik rollari va imkoniyatlarini kengaytirişga investitsiyalarni köpaytiriş yuzasidan murojaat bilan çiqdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Markaziy Osiyoda avloddan avlodga ötib kelayotgan salbiy me’yorlar va gender stereotiplari tufayli qizlar STEM va axborot texnologiyalari (AT) sohalarida öqişda kam iştirok etyapti.

- STEM sohasida gender tafovutini kamaytiriş va qizlar yetakçiligi hamda imkoniyatlarini kengaytirişga sarmoya kiritiş juda muhim, - dedi YuNICeF Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. - Raqamli texnologiyalar bilan qamrab olişdagi tafovutni qisqartiriş qizlar uçun imkoniyatlarni kengaytiradi. Ular raqamli iqtisodiyotda iştirok etiş, moliyaviy savodxonlikni va özini özi ta’minlaşni yaxşilaş uçun zarur bölgan könikmalarni örganadilar. Bu kelajakda inson kapitalini oşiradi hamda Özbekiston rivojlanişiga hissa qöşadi.

Özbekistonda bandlik, ta’lim yoki professional öqitiş bilan qamrab olinmagan (NEET) insonlar orasida qizlar va yoş ayollar köpçilikni taşkil etib, bu ularni ijtimoiy çetlanişga köproq moyil qiladi. Majburiy örta ta’limni tugatgandan söng, 19-24 yoşdagi aholi 56 foizi NEET hisoblanadi. Yoş ayollar uçun NEET darajasi ular 18 yoşga tölgandan keyin va majburiy örta ta’limni tamomlaganlaridan keyin tez ösadi. 

Bundan taşqari, qizlar va öğil bolalar örtasida kompyuter savodxonligi, internetga kiriş va undan foydalaniş böyiça sezilarli farqlar saqlanib qolmoqda. Yoşlar örtasida internetdan foydalanmaslik asosiy sabablari aloqa yomonligi, öz aloqa vositalariga ega bölmaslik, internet narxi yuqoriligidir. Qizlar va yoş ayollar uçun ijtimoiy stigma tufayli internetga kiriş ham qiyin. Ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika sohalarida yoş ayollar kam ekani ular işga joylaşiş imkoniyatlarini kamaytiradi.

Nogironligi bölgan qizlar ta’lim olmaslik xavfi ostida va raqamli platformalardan xavfsiz ravişda foydalaniş uçun minimal raqamli savodxonlikka ega emas, kelajakda ta’lim oliş va işga joylaşiş imkoniyatlaridan çeklangan. Nogironligi bölgan yoşlar orasida NEET darajasi 77 foizni, öta oğir nogironlar orasida esa 91 foizni taşkil etadi.