Qaşqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 16 oktyabr soat 2:30 larda, A-380 Ğuzor-Buxoro-Nukus-Beynau avtomobil yölining Koson tumani hududidan ötgan 78-kilometrida odamlar ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Haydovçi T.B. Spark maşinasi bilan harakatlanayotib, Koson tumani, “Obron” MFY hududiga kelganda, yölni ikkiga ajratib turuvçi beton tösiqqa urilgan.

Oqibatda, oğir tan jarohatlari olgan haydovçi T.B. hodisa joyida, Spark yölovçisi U.V. esa şifoxonada vafot etgan.

Qayd etilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan Qaşqadaryo viloyati IIB xuzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Avvalroq, Qarşi-Çiroqçi-Şahrisabz avtomobil yölining Ğuzor tumani hududidan ötgan qismida sodir bölgan YTHda yölovçi vafot etgandi.