Qaşqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 14 oktabr kuni soat 14:00 larda, 4R-79 Qarşi-Çiroqçi-Şahrisabz avtomobil yölining Ğuzor tumani hududidan ötgan 25-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Haydovçi E.X. öz boşqaruvida bölgan Lacetti bilan harakatlanayotib Ğuzor tumani Qovçin qişloği hududida harakatlanib kelayotib boşqaruvni yöqotgan. Şundan söng maşina yöl çetiga çiqib ketib ağdarilgan.

Lacetti haydovçisi tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan. Unda yölovçi sifatida ketayotgan X.E. oğir tan jarohatlari olib, şifoxonada vafot etgan.  

Qayd etilişiça, hozirda hodisa yuzasidan Ğuzor tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Avvalroq, 4R-79 Qarşi-Çiroqçi-Şahrisabz avtomobil yölining Qamaşi tuman hududidan ötgan qismida sodir bölgan YTHda Nexia-2 maşinasi urib yuborgan velosiped haydovçisi vafot etgandi.