Ijtimoiy tarmoqlarda özbekistonlik blogerlar soliq idoralaridan YouTube tarmoğidagi faoliyati natijasida olgan daromadlaridan soliq tölaşi haqida xabarnoma olganini aytib, çiqişlar qildi.

“Sirojiddin Media” kanali muallifining aytişiça, u 2021 yilda YouTube'dan 9 ming dollar atrofida daromad olgan va endi buning uçun 11 million söm atrofida soliq tölaşi kerak bölyapti.

Bloger Abdusattor Abdurahimov ham 2021 yilgi faoliyati natijasida YouTube'dan olgan daromadidan soliq tölaş borasida xabarnoma kelganini ma’lum qildi.

“Menga Soliq inspeksiyasidan xat kelibdi: YouTube (Google)dan menga tuşgan pullar uçun soliq tölaşim haqida. Çetdan kelgan pul uçun soliq tölanarmidi? Yana 10 kun içida tölaşim şart ekan-da, xat 13 kunda kelar ekan”, – deya yozdi u Twitter'da.

“Sirojiddin Media” kanali muallifi YouTube'dan olgan daromadining taxminan yarmi vlog yuritiş xarajatlariga ketişini aytgan bölsa, Abdusattor Abdurahimov bu daromadi jamoani ta’minlab turişga ham yetmasligini bildirgan.

Kun.uz bir qança savollar yuzasidan Davlat soliq qömitasi boşqarma boşliği Şuhrat Ismoilovdan izoh oldi.

Soliq qömitasi mas’ulining tuşuntirişiça, agar blogerlar özini özi band qilgan fuqaro sifatida röyxatdan ötganida, ular daromad soliğidan ozod qilingan bölardi. Soliq idoralaridan xabarnoma olgan blogerlar esa özini özi band qilgan fuqaro sifatida röyxatdan ötmagan.

“Blogerlik faoliyatini ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat deb qaraymiz. 2020 yil iyun oyidan boşlab u qonuniy faoliyatga aylantirildi. Özini özi band qilgan şaxslar qonunçilikka asosan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğidan ozod etilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda çiqiş qilgan bloger soliq organlari unga 11 million söm soliq tölaşini talab qilganini aytgan. U 2021 yil davomida 9 ming dollar atrofida daromad olgan, şundan kelib çiqib soliq organlari daromad soliğini tölaşni talab qilyapti.

Agar fuqaro özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötganda edi, undan 2021 yil böyiça jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği olinmas edi. Körib turibmizki, özini özi band qilmagan şaxs sifatida unga daromad soliği kelib çiqyapti. Qonunçilikka asosan, jismoniy şaxs olgan daromadlari, mulkiy daromadlari, moddiy naf tarzidagi olgan daromadlari va iş haqidan olgan daromadlari böyiça daromad soliği tölaşi kerak.