Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy antidoping agentligi 9 oyda 5 nafar sportchi doping qabul qilganini aniqladi
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi so‘nggi 9 oyda 5 nafar sportchi doping qabul qilganini aniqladi. Bu haqda Milliy antidoping agentligi bosh direktori Abdushukur Sodiqov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, agentlik tomonidan o‘tgan 9 oy davomida barcha sport turlari bo‘yicha 280 ta doping-sinamalar olindi va 5 nafar sportchi taqiqlangan modda iste’mol qilganligi aniqlandi.
Bundan tashqari, mamlakatda o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarda sportchilardan doping-sinamalarni olish O‘zbekiston milliy antidoping agentligiga ishonib topshirildi. Bunda 95 ta sportchilarda tekshiruv ishlari olib borilgan.
Ta’kidlanishicha, agentlik tomonidan sportchilardan doping sinamalar olish yangi bosqichga olib chiqildi. Shu kunga qadar faqat peshobdan sinamalar olingan bo‘lsa, endilikda qon orqali sinamalar olish yo‘lga qo‘yildi.
Mavzuga oid
20:06 / 03.07.2026
Jahon chempionatida bir nechta futbolchi doping bilan qo‘lga tushdi
19:13 / 07.04.2026
Futbol bo‘yicha Superliga o‘yinlari soat 19:00 dan keyin belgilanishi mumkin
19:12 / 07.04.2026
Oliy sport mahorati maktablari o‘rniga «Olimpiya terma jamoalari markazi» tashkil qilinadi
18:34 / 07.04.2026