Saudiya kompaniyasi O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya sohasida yangi investitsiya dasturini amalga oshiradi
O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri o‘rinbosari Badr al-Badr bilan video-konferens-aloqa tarzida muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekistondagi 5 ta loyihasi umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq va umumiy quvvati 4,1 GVtdan ko‘proq bo‘lgan ACWA Power kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik natijalarini yuqori baholab, tomonlar loyihalarni jadallashtirishga va qayta tiklanadigan energiya manbalari salohiyatini oshirishga qaratilgan yangi investitsiya dasturini amalga oshirishga kelishib oldi.
Sabic, Dr. Sulaiman Al-Habib Medical Group, Al Rajhi International, Ajlan & Bros, Al Hokair Group, Jamjoom Pharma va boshqa kompaniyalar bilan kimyo sanoati, tibbiyot va farmatsevtika sanoati, qishloq xo‘jaligi va chakana savdoda loyihalarni amalga oshirish holati tahlil qilindi. Mavjud kelishuvlarni faol amalga oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Better Cotton dasturi qamrovi kengaytiriladi
O‘zbekiston | 12:56
-
Moskva 1200 nafar Ukraina fuqarosining jasadini Kiyevga topshirdi
Jahon | 12:36
-
Toshkentda tez yordam mashinasi va Spark to‘qnashdi
O‘zbekiston | 12:04
-
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi
O‘zbekiston | 11:54
Mavzuga oid

10:38 / 12.06.2025
O‘zbekistonlik hojilar 12 iyundan vatanga qaytishni boshlaydi

13:53 / 07.06.2025
2025 yilgi Haj mavsumi: 1,6 million ziyoratchi va oqimning kamayishi sabablari

17:32 / 04.06.2025
Saudiya Arabistonida Haj qoidasini buzgan 76 ming kishi hibsga olindi

07:52 / 28.05.2025