Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Qrim ko‘prigidagi portlashga Kiyevning aloqasi yo‘q
8 oktyabr kuni Qrim ko‘prigida sodir etilgan portlashga Kiyevning aloqasi yo‘q. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kanadaning CTV News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Bilishimcha, biz buni aniq buyurtma qilmaganmiz», dedi Zelenskiy. Shu bilan birga, u portlash Rossiya qurolli kuchlari va Rossiya maxsus xizmatlari o‘rtasidagi ichki kurash natijasi bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.
«Ularda harbiy xizmatchilar va ularning maxsus xizmatlari, razvedka xizmatlari o‘rtasida jiddiy aloqalar bor. U yerda boshqaruv va boshliqlarning soni juda ko‘p. Bu katta tizim. Sovet ittifoqida bu KGB edi. Bugungi kunda u bir nechta bo‘limlardan iborat bo‘lib, ularning qaysi biri asosiy ekanligini doimiy ravishda hal qiladi», - deya tushuntirdi Ukraina prezidenti.
Bu Ukraina rasmiylarining Qrim ko‘prigidagi portlash bo‘yicha birinchi rasmiy izohidir.
Avvalroq Kiyev 10 oktyabrdan beri Rossiyaning o‘qqa tutishi natijasida Ukraina elektr stansiyalarining uchdan bir qismi vayron bo‘lganini bildirgandi. Zelenskiy Rossiya hukumatini terrorchilik faoliyatida aybladi.
U Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlagan Rossiya hukumatini mamlakatning energetika va o‘ta muhim infratuzilmasiga qarshi qaratilgan terrorchilik faoliyatida aybladi. «Putin rejimi bilan muzokaralar uchun joy qolmadi», dedi Zelenskiy.
10 oktyabrdan beri Rossiya kuchlari Ukraina infratuzilmasiga hujumlarini keskin kuchaytirdi. Bu Kreml Ukraina xavfsizlik xizmatlarini ayblagan Qrim ko‘prigidagi portlashlardan keyin sodir bo‘ldi. Kiyevda esa, o‘z navbatida, bu portlashlarga aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
14:46 / 18.06.2026
Moskva yana zarba ostida. Ukraina mingga yaqin dron uchirgan
22:31 / 16.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga «dahshatli qish» bilan tahdid qildi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
10:02 / 13.06.2026