O‘zbekiston | 13:02 / 22.10.2022
10097
2 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston Rossiyaga qariyb 97 ming tonna uzum eksport qildi
O‘zbekiston 9 oyda 49 ta davlatga qariyb 180 ming tonna uzum eksport qilgan.
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston 49 ta xorijiy davlatlarga qiymati 161 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 180 ming tonna uzum eksport qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, uzum eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 39,4 ming tonnaga oshgan.
O‘tgan 9 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p uzum eksport qilgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilyapti – 96,8 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qozog‘iston – 37,8 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 12,2 ming tonna;
- Xitoy – 6,3 ming tonna;
- Turkiya – 5 ming tonna;
- BAA – 3,8 ming tonna;
- Belarus – 2,8 ming tonna;
- Iroq – 2 ming tonna;
- Ozarboyjon – 1,8 ming tonna;
- Eron – 1,8 ming tonna.
2022 yilning 9 oyida hududlar kesimida uzum eksporti:
- Farg‘ona viloyati – 49,6 ming tonna;
- Samarqand viloyati – 35,8 ming tonna;
- Toshkent viloyati – 19,5 ming tonna;
- Surxondaryo viloyati – 17 ming tonna;
- Namangan viloyati – 12,2 ming tonna;
- Xorazm viloyati – 12 ming tonna;
- Qashqadaryo viloyati – 11,3 ming tonna;
- Toshkent shahri – 8,7 ming tonna;
- Andijon viloyati – 5,1 ming tonna;
- Buxoro viloyati – 2,3 ming tonna;
- Jizzax viloyati – 2,3 ming tonna;
- Navoiy viloyati – 1,4 ming tonna;
- Sirdaryo viloyati – 976,4 tonna;
- Qoraqalpog‘iston R. – 640 tonna.
Mavzuga oid
17:36 / 16.12.2024
Qishga saqlangan uzumlar
11:08 / 10.12.2024
2015 yildan beri Suriyada 540 nafardan ortiq Rossiya harbiysi halok bo‘ldi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
18:06 / 09.12.2024