Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryodagi portlash oqibatida qancha turar va noturar joyga zarar yetgani ma’lum qilindi
Sirdaryo viloyati hokimligining so‘nggi hisob-kitoblariga ko‘ra 3742 ta turar va noturar joylarning tomi, shifti, deraza va eshik romlariga qisman talafot yetgani aniqlandi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Sirdaryo viloyati hokimligi Sirdaryo tumani Malik aholi yashash manzilidagi Mudofaa vazirligi omborida ro‘y bergan portlash oqibatida yetgan talafot bo‘yicha ma’lumot berdi.
Sirdaryo tumanidagi harbiy qism omborida sodir bo‘lgan hodisa oqibatida ko‘rilgan zararni aniqlash hamda ularni bartaraf qilish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar mas’ul vakillari hamda viloyat sektor rahbarlaridan iborat ishchi guruhi tuzilgan.
Harbiy qism yaqinida joylashgan mahallalar to‘liq qamrab olinib, xatlovdan o‘tkazildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra 3 742 ta turar va noturar joylarning tomi, shifti, deraza va eshik romlariga qisman talafot yetgani aniqlandi.
Ko‘rilgan amaliy choralar natijasida bugunning o‘zida 2 ming kvadrat metr oynalar aholiga yetkazilib, o‘rnatib berildi. Bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
- 22 oktyabr kuni soat 04:55 da Sirdaryo viloyati Malik aholi punktidagi Mudofaa vazirligi omborida yakka tartibda portlash kuzatilgani haqida xabar berilgandi. SSV voqea oqibatida 16 kishi jarohat olganini ma’lum qildi. FVV esa portlash natijasida aholi xonadonlari va tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazilgan zarar aniqlanayotganini qayd etdi.
Mavzuga oid
20:49 / 19.01.2026
Yerlar xorijliklarga sotilyapti. Kelajakda buning oqibatlari qanday bo‘ladi?
13:35 / 19.01.2026
Telegram’dagi APK fayl tufayli fuqaro 55 mln so‘mdan ayrildi
17:16 / 27.12.2025
O‘zbek so‘mini yoqib, olovida tamaki tutatgan xorijlik ishchilar ma’muriy jazoga tortildi
13:12 / 09.12.2025