Muloqotda ikki davlat fuqarolarining o‘zaro sayyohlik va xizmat safarlariga ortib borayotgan talabini qondirish maqsadida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida aviaqatnovlarni oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Koreya tomoniga O‘zbekistonda turizm sohasi milliy iqtisodiyot strategik tarmoqlaridan biri sifatida qaralishi aytib o‘tildi. Ta’kidlanganidek, mamlakatda qisqa vaqt ichida xorijlik sayyohlar kelishi va sayyohlik infratuzilmasi obektlari soni sezilarli darajada oshdi.

Ikki davlat o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan Toshkent va Samarqand shaharlariga T'way Air aviakompaniyasi parvozlarini yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.