Qayd etilişiça, joriy yilning 18 aprel kuni hamşira şifokor tomonidan tavsiya etilgan «Donat» nomli antibiotikni «Lidokain»da eritib, voyaga yetmagan bemorning yonboş sohasiga notöğri inʼeksiya qilişi oqibatida uning oyoğida qattiq oğriq kuzatilib, işlamay qolgan.

3 iyul kuni esa boşqa bir hamşira şifokor tomonidan tavsiya qilingan «No-Şpa» va «Dimedrol» dorilarini voyaga yetmagan Adhamovning öng yonboş sohasiga notöğri inʼeksiya qilgan. Natijada uning ham bir oyoği işlamay qolgan.

Sud tibbiyot ekspertizasi uşbu salbiy holatlar texnik jihatdan notöğri qilingan inʼeksiya oqibatida sodir bölganini tasdiqlagan.

Mazkur holat böyiça Qöqon şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 1-qismi bilan ikki nafar hamşiraga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Jinoyat işlari böyiça Qöqon şahar sudi sudyasi Maşrabjon Uluğbekovning bildirişiça, jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy zararlar qoplangani va tomonlar yaraşgani inobatga olinib, jinoyat işlari tugatilgan.