Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple'ning yillik moliyaviy natijalari - u qariyb 400 mlrd dollar ishlagan. Bu rekord
Apple kompaniyasi 2022 yilning uchinchi choragi uchun hisobotni e’lon qildi. Bu AQShda to‘rtinchi moliyaviy chorakka to‘g‘ri keladi. Kompaniya shuningdek moliyaviy yil (2021 yilning 1 oktyabridan 2022 yil 30 sentabrigacha) natijalarni ham sarhisob qildi.
Foto: iphones.ru
Kompaniyaning chorak ichidagi tushumi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 foizga o‘sgan va 90,1 mlrd dollarlik rekord ko‘rsatkichga yetgan. Sof foyda 20,7 mlrd yoki har bir aksiyaga 1,29 dollardan tushgan.
Kompaniya ishlab chiqarayotgan mahsulotlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagicha:
- iPhone: 42,63 mlrd dollar;
- Mac: 11,51 mlrd dollar;
- iPad: 7,17 mlrd dollar;
- Olib yuriladigan qurilmalar, uy uchun gadjetlar va aksessuarlar: 9,65 mlrd dollar;
- Servislar: 19,19 mlrd dollar.
«Sentyabr choragidagi bizning rekord ko‘rsatkichlarimiz murakkab va beqaror makroiqtisodiy fonga qaramasdan, samarali ishlay olishimizdan dalolat beradi», — degan Apple moliya direktori Luka Maestri.
Moliya yili ichida Apple 394,3 mlrd dollar ishlab topgan va bu o‘tgan yilgidan 8 foizga ko‘proq. Sof foyda ham rekord o‘rnatgan va 99,8 mlrd dollarga yetgan.
Mavzuga oid
13:12 / 13.12.2025
Apple iOS 26.2 versiyasini chiqardi. Nima yangiliklar bor?
19:24 / 10.12.2025
Apple va Google hamkorlikni e’lon qildi - iPhone’dan Android’ga va aksincha o‘tish osonlashadi
18:18 / 08.12.2025
Google va Apple o‘zbekistonliklarni hakerlar hujumi haqida ogohlantirdi
21:22 / 07.12.2025