Şimoli-ğarbiy harbiy okrug qöşinlari qömondonligi tomonidan çöl hududlarida jangovar harakatlarni olib boriş, qöşinlarning notaniş hududlarda joylaşuvi hamda har tomonlama ta’minotini taşkil etiş masalalariga qaratilgan körgazmali öquv maşğuloti taşkil etildi.

Maşğulot Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazida çöl şaroitida jangovar harakatlarga tayyorgarlik körişning öziga xos tomonlarini tadqiq etiş maqsadida ötkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya bilan boşlandi. Unda mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik böyiça örinbosari polkovnik Qodir Tursunov, Şimoli-ğarbiy harbiy okrug qöşinlari qömondoni polkovnik Farhod Şermatov, vazirlik hamda harbiy okruglarning mas’ul ofitserlari, Qurolli kuçlar kuç tuzilmalari vakillari iştirok etdi.

Çöllarning tabiiy-iqlim şaroiti odamning yaşaşi va faoliyati uçun unçalik qulay bölmagan hudud sanaladi. Ammo köplab zamonaviy uruşlar bugungi kunda çöl hududlarida olib borilayotgani sabab qöşinlarning sahroda harakat qilişi va jang olib borişining öziga xosliklarini tadqiq etişni taqozo etadi.

Dunyo böylab har yili 12 million gektar, 1 daqiqada esa 23 gektar yer çöllanadi. Ayni vaqtda yer yuzining qariyb 75 foizi çöllanib qolgan. Çöllangan suvli hududlarning 87 foizi oxirgi 300 yil içida şunday holga kelgan. Oxirgi hisobotlarga qaraganda, Özbekiston hududining 70 foizidan köproq qismi çöldan iborat.

Ösimlik dunyosining kamligi, şamol va töğridan-töğri quyoş nurlarini tösuvçi tösiqlarning yöqligi, suv topiş imkoniyati mavjud emasligi ham çöl şaroitida jangovar harakatlarni olib borişda qöşinlarga qöşimça noqulayliklar yaratişi mumkin.

Ilmiy-amaliy konferensiya işida çöl şaroitida mudofaa jangini olib borişda bölinmalarni tayyorlaşning öziga xosliklari, şaxsiy tarkibning psixologik zöriqişlarini yeçiş, çölda harakatlaniş va jang olib boriş uçun texnikalarni tayyorlaş, moddiy-texnik ta’minotni taşkil etiş, maxsus qöşinlarni qöllaş hamda aloqani taşkil etiş, artilleriya imkoniyatidan foydalaniş hamda jangovar tayyorgarlikning boşqa masalalari xususida mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi.

Dunyo böylab çöl hududlarida ötkazilgan jangovar operatsiyalar va ularning natijalari çuqur tahlil etilib, tadqiqot natijalari atrofliça muhokama etildi. Çöl şaroitida mudofaa jangini taşkil etiş böyiça zarur taklif va tavsiyalar berildi.