Qoraqalpoğistondagi harbiy poligonda Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Içki işlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Soğliqni saqlaş vazirligi bölinmalari iştirokida maxsus-taktik öquv maşğulotlari bölib ötdi.
«Milliy armiyamizda amalga oşirilayotgan islohotlardan biri bu – qöşinlar hamkorligidir. Ya’ni mamlakatimizdagi kuç tuzilmalar bilan birgalikda turli öquv maşqlarni ötkaziş orqali bölinmalarning jipslikdagi harakatini oşiriş, özaro tajriba va malaka almaşişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ana şunday öquv maşqlaridan biri, ya’ni mudofaa jangini taşkil etiş böyiça majmuaviy taktik öquvi hamda kuç tuzilmalari hamkorligidagi maxsus taktik öquvlar mamlakatimiz şimolida ötkazildi», deyiladi mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Vazirlik matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, majmuaviy taktik öquv çegara qöşinlari bölinmalarining jangovar navbatçilikni ötaş vaqtida töğridan töğri şartli terrorçilar hujumini qaytarişi böyiça amaliy harakatlar bilan boşlangan.




Şuningdek, tadbirda şartli ravişda temiryöl transportida hamda köp qavatli binoda garovga olinganlarni ozod etiş, blokpostga qilingan hujumni hamkorlikda qaytariş, merganlar juftligi harakati hamda aholi yaşaş punktida şartli duşmanni yakson qiliş böyiça maxsus harakatlar namoyiş etildi.




















