2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga 104,4 ming tonna banan import qilingan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, banan importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 56,6 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p banan import qilgan davlatlar orasida Ekvador yetakchilik qilyapti – 103,5 ming tonna.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 426 tonna hamda 197 tonna banan olib kelingan Qozog‘iston va Turkiya joy oldi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonga Hindistondan 144 tonna banan importi amalga oshirildi.