Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Vengriya havo qatnovi to‘g‘risida hukumatlararo bitim loyihasini kelishib oldi
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti transport vazirlari yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston va Vengriya aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida muzokaralar tashkil etildi.
Muzokaralar chog‘ida ikki davlat o‘rtasida muntazam havo qatnovini yo‘lga qo‘yish, tayinlangan aviakompaniyalarga parvozlarni amalga oshirish uchun tegishli huquqlarni berish hamda havo qatnovi to‘g‘risida hukumatlararo bitim loyihasi yakuniy matnini kelishish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, tegishli bayonnoma imzolandi va bitim loyihasi yakuniy matni kelishildi. Tomonlar mazkur bitim imzolanishini tezlashtirish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026
Vengriya parlamenti Xalqaro jinoiy suddan chiqish jarayonini to‘xtatdi
09:44 / 23.05.2026
Vengriya ukrain mahsulotlari importini yana taqiqladi
09:03 / 11.05.2026