Köplab davlatlar Rossiya Ukrainaga bostirib kirgaç u bilan iqtisodiy aloqalarni uzişga va Rossiya iqtisodiga zarba beriş uçun sanksiyalar joriy qilişga va’da berdi. Ammo neft, gaz va xomaşyo böyiça dunyodagi eng yirik işlab çiqaruvçilardan biri sifatida Rossiya qadrdon va foydali savdo şerikliklariga ega. Bu aloqalarni uziş oson emas.

2020 yilda Rossiya dunyo mamlakatlaridan 220 milliard dollarlik tovarlar, jumladan, avtomobillar va ularning ehtiyot qismlari, dori-darmon va kompyuterlar import qilgan. Bu mahsulotlar asosan Xitoy, Germaniya, Koreya va boşqa mamlakatlardan sotib olingan.

The New York Times naşrining savdo ma’lumotlari tahliliga köra, Rossiya importi sanksiyalar va savdo çeklovlari kiritilgandan söng keskin kamaydi. Ammo bir qança davlatlar, xususan, Xitoy va Turkiya Ukrainadagi uruş boşlanganidan söng Rossiya bilan munosabatlarini yanada kuçaytirdi.

Köpgina davlatlar uçun Rossiya xomaşyosisiz yaşaş juda qiyin böldi. Uruşdan oldin Rossiya daromadining uçdan ikki qismidan köproğini neft, gaz, muhim metallar (oltin, kumuş, palladiy, iridiy va boşqalar) va minerallar eksporti taşkil qilgan bölib, ulardan elektr maşinlar, uylarni isitiş va zavodlardagi işlab çiqarişda foydalanilgan.

NYT naşri tahlili şuni körsatadiki, hatto Rossiyaga qarşi harakatlarda faol iştirok etgan köplab mamlakatlarga Rossiyaning eksport hajmi Ukrainaga bostirib kirganidan keyin ösgan. Bu Rossiya iqtisodini jazolaş orqali uruş harakatlariga ta’sir körsatmoqçi bölgan Ğarb davlatlari rasmiylarini umidsizlikka tuşirmoqda.

Rossiyaning dunyo bilan aloqalari jadal rivojlanişda davom etyapti. Global iqtisodiy özgarişlarni baholaş uçun NYT naşri onlayn ma’lumotlar platformasi bölgan Observatory of Economic Complexity tomonidan tuzilgan mamlakatlar darajasidagi yillik savdo ma’lumotlarni tahlil qildi. Ma’lumotlar keçikiş bilan çiqarilganligi sababli, ular orqali çizilgan umumiy kartina mohiyatan retrospektivdir (eskiroq). Ğarb yangi çeklovlar kiritgani tufayli, Rossiyaning dunyoning qolgan mamlakatlar bilan savdo qiliş qobiliyati yaqin oylarda yanada kamaygan bölişi mumkin.

Ammo hozirça, bu ma’lumotlar Rossiyaning jahon iqtisodiyoti bilan qançalik çuqur boğlanganini körsata oladi va bu aloqalar uruşning töqqizinçi oyini ötkazayotgan Moskvaga katta miqdorda daromad oliş imkonini taqdim etadi. Ğarbning Rossiya iqtisodiyotiga zarba beriş uçun qöllagan sanksiyalari va boşqa çoralari hozirgaça juda kam samara berdi.

«Rossiya resurslarisiz yaşaş juda qiyin. Uning örnini bosuvçi muqobil yöq», – deydi sobiq Rossiya moliya vaziri örinbosari hamda Markaziy banki raisi örinbosari bölgan Sergey Aleksaşenko.