2022 yilning yanvar- sentabr oylarida Özbekistondagi örtaça oylik nominal iş haqi 3 mln 721,8 ming sömni taşkil etib, (ötgan yilning mos davrida 2 mln 978,9 ming söm bölgan) 2021 yil mos davriga nisbatan ösiş sur’ati 24,9 foizni taşkil qilgan. Bu haqda Statistika qömitasi ma’lum qilmoqda.

Hududlar kesimida örtaça oylik iş haqining eng yuqori miqdori Toşkent şahri (5 mln 964 ming), Navoiy (4 mln 953 ming) va Toşkent viloyatida (3 mln 799 ming), eng kam miqdori esa Samarqand (2 mln 734 ming), Farğona (2 mln 783 ming) va Surxondaryo (2 mln 798 ming) viloyatlarida qayd etilgan.
“Bor-yöği uçta ma’muriy hududda (Toşkent şahri, Toşkent va Navoiy viloyatlari) nominal iş haqining darajasi respublikadagi örtaça darajadan yuqori bölib, qolgan barça hududlarda nominal iş haqi respublika darajasidan turli miqdorda past şakllangan”, deya yozadi iqtisodçi Mirkomil Xolboyev.

Ma’lumot uçun, hisobot davridagi örtaça oylik iş haqi körsatkiçini şakllantirişda qişloq xöjaligi va kiçik tadbirkorlik sub’yektlari hisobga olinmagan.
Joriy yilning dastlabki 9 oyi davomida sohalar kesimida eng yuqori örtaça oylik iş haqi bank, suğurta, lizing va kredit vositaçilik faoliyatida qayd etilgan – 9,7 million söm. Axborot va aloqa sohasida örtaça oylik iş haqi 6,9 million sömga teng bölgan bölsa, taşiş va saqlaş sohasida – 4,8 million söm, sanoat sohasida – 4,7 mln söm, quriliş sohasida – 4,5 mln söm, savdo sohasida – 3,6 mln söm, ta’lim sohasida – 2,6 million söm. Eng past örtaça iş haqi soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş sohasida qayd etilgan – 2,5 million söm.

2022 yilning uçinçi çoragi böyiça, örtaça oylik iş haqini hisoblaşda 3 mln 13,8 ming xodimning ma’lumotlaridan foydalanilgan bölib, şundan 37,4 foizi ta’lim, 16,1 foizi soğliqni saqlaş vakillari hissasiga töğri kelgan.


















