Dunyoning eng yirik onlayn ma’lumotlar bazasidan biri – Numbeo Özbekistonda qança mablağ evaziga farovon yaşaş mumkinligini ma’lum qildi. Onlayn bazaning taxminiy hisoblaşlariga köra, respublikada 4 kişi bölib yaşaydigan oilalar ijara tölamasdan oyiga 1 431,42 dollar (15 mln 645 ming 420,6 söm) sarflab yaxşi yaşaşi mumkin. Bir kişi uçun bu narx 394,10 dollar (4 mln 307 ming 513 söm)ga aylanmoqda.

Qayd etilişiça, xarajatlarning 36,6 foizi dökonlardan turli mahsulotlarni sotib oliş, 25,3 foizi har oylik ijara, 14 foizi restoranlarda ovqatlaniş, 10,1 foizi transport, 8,1 foizi esa sport va böş vaqtdagi maşğulotlar uçun sarflanadi.

Şuningdek, statistikada maişiy xizmatlar hamda kiyim-keçaklarga qança işlatilişi ham keltirilgan. Unga köra, özbekistonliklar suv, gaz, elektr toki va çiqindilar uçun 24,29 dollardan 70 dollargaça (265 ming 487,7 sömdan 765 ming 100 sömgaça) tölaydi.

Şuningdek, Numbeo ma’lumotlar bazasi 106 ta mamlakatning har oylik sof iş haqi böyiça ham bir qança raqamlarni keltirgan. Unga köra, soliqlarni hisobga olmaganda Özbekiston fuqarolari har oy örtaça 283,52 dollar (3 mln 98 ming 873,6 söm) maoş oladi.

Şunga muvofiq, Özbekiston 106 ta mamlakat içida 95-örinni egallab turibdi.

Xalqaro reytingning TOP-3ligiga Şveytsariya, Singapur hamda Avstraliya kirgan. Şu bilan birga, Rossiya 47-örin, Qozoğiston 78-örin, Ozarboyjon esa 89-örinni qayd etgan.

Eslatib ötamiz, şu yili Davlat statistika qömitasi Özbekistondagi nominal iş haqi qançaligini e’lon