– Özbekistonda ayol bölib tuğilişning oson va qiyin tomoni nimada?

– Joriy yilning 1 martidan boşlab Oila va xotin qizlar qömitasi prezidentimiz tomonidan jamiyatda ayol mavqeyini yangi bosqiçga olib çiqiş uçun tuzildi. Joylarda oilalarni qöllab-quvvatlaş, xotin-qizlar faoliyatini yuzaga çiqariş böyiça juda katta amaliy harakatlar uçun asos yaratildi. Inson Vatanni tanlay olmaydi. Şaxsan özim Özbekistonda ayol bölib tuğilganimdan afsuslanmayman. Havas qilsa arziydigan tarixning davomçilari bölib yaşaşni baxt deb bilaman. Qaysi yurtda bölişidan qat’iy nazar, ayol degan buyuk nomni şa’nini saqlaş, oilada ayolning örnini belgilaş va şunga munosib böliş ayollarimizning böynidagi eng qiyin vazifa deb bilaman.

– Özbekistonda köp yillar davomida Xotin-qizlar qömitasi faoliyat yuritdi. Keyinçalik Mahalla vazirligi taşkil etildi. Yaqinda özingiz aytganingiz kabi Oila va xotin-qizlar qömitasi taşkil etildi. Bunga siz rahbarlik qilib kelyapsiz? Bu tizimda nega bunça köp özgarişlar bölganini izohlab bersangiz? Öz vaqtida bu taşkilotga Elmira Bositxonova, Tanzila Norboyeva rahbarlik qilgan. Ularning xatolari nimadan iborat böldi-yu, siz kelganingizdan keyin bu tizimda nimalar özgardi?

– Mustaqillikning ilk yillaridan oilalarga va xotin-qizlarga e’tibor beriş boşlangan.  1995 yilda xotin-qizlar qömitalari tuzildi va ularning rahbarlari hokim örinbosarlariga tenglaştirildi, vazir örinbosari lavozimlari joriy etildi. Juda katta amaliy işlar olib borildi. Lekin hamma davrda ham öşa davrga oid siyosat yuritilgan. Keyingi davrlarda ham bu jarayon töxtab qolgani yöq va hozirda ham belgilab berilgan 100 ta maqsadda ayollarning mavqeyini oşiriş va ularni qöllab-quvvatlaşning aniq rejasi tuzib çiqilgan. Biz ham ana şu maqsad asosida özimiz uçun vazifalarni belgilab olganmiz. Bizdan avvalgi rahbar ayollar ham öşa davr ruhi va öşa davr maqsad-vazifalari asosida juda ham yaxşi işlarni amalga oşirişgan. Ammo bugun özgarişlar katta. Nafaqat bizda, balki dunyo miqyosida ham jarayonlarga munosabatlarning ortib borişi yaqqol közga taşlanmoqda.

– Har bir davrning öz ruhi bölişi tabiiy. Ammo şakl özgarişi bilan tizimda nimalar özgaradi?

– Birinçidan, dastlabki yillarda ayollarning jamiyatdagi mavqeyini oşiriş, ularning rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritişini ta’minlaş haqida juda kam öylangan. Töğri, u yillarda ham dasturlar bölgan va amaliy işlar olib borilgan. Lekin muammolarni öşa davrlarda oçiq ayta olmasdik. Sönggi 5-6 yilda muammolarni aytişni örgandik, ularni hal etiş borasida huquqiy yeçimlarimiz bor. Tizimdagi özgarişlarga töxtaladigan bölsam, bugun taşkilot jamoat taşkiloti sifatida emas, balki davlat qömitasi sifatida faoliyat olib bormoqda. Mahallalarda ham xotin-qizlar faollari iş olib bormoqda. Ilgari murojaat qilgan ayollargagina yordam berilgan. Hozir esa bu işlar xonadonbay tarzida olib borilmoqda.