2022 yil 1 noyabrda «Asakabank» AJ xorijiy investor bölgan Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YeTTB) nomidan brokerlik qilib, Özbekiston Respublika valuta birjasi (ÖzRVB) auksion savdolarida Davlat qimmatli qoğozlar bozori tarixida (DQMO) birinçi bitimini amalga oşirdi.
Şunday qilib, endi xorijiy investorlar uçun içki kapital bozorida çiqarilgan Özbekiston Respublikasining davlat qimmatli qoğozlarini oliş va sotiş imkoniyati yaratildi. «Asakabank» AJ uşbu mexanizmni birinçi bölib amalga oşirdi va kelgusida keng qamrovdagi xorijiy investorlar uçun uşbu xizmatni rivojlantirişni davom ettirişni rejalaştirgan.
Öz navbatida, uşbu tarixiy voqea qimmatli qoğozlar bozorining mahalliy iştirokçilari, şu jumladan tijorat banklari uçun Özbekiston Respublikasi kapital bozorini yanada rivojlantiriş uçun ijobiy namuna bölib xizmat qiladi.
Reklama huquqi asosida
















