Şu yilning oktabr oyida men Toşkentga taşrif buyurgan edim. Biz ulkan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oşirişda davom etayotgan mamlakat rahbariyati bilan sermahsul muzokaralar ötkazdik. Muloqot davomida davlat rasmiylari kambağallikka barham beriş va fuqarolar hayoti farovonligini oşiriş böyiça çoralarni davom ettirişar ekan, yaqin kelajakda Özbekiston va Jahon banki örtasidagi strategik hamkorlik yanada mustahkamlanib borişi ta’kidlandi.

Bu hafta men yana mamlakatga qaytyapman. Biz Samarqandda bölib ötadigan II Özbekiston Iqtisodiy forumi iştirokçilari bilan jahon iqtisodiyotiga ta’sir körsatayotgan amaldagi inqirozlar oqibatlarini, şuningdek uşbu inqirozli vaziyat oqibatlari bilan samarali kuraşiş va inklyuziv bozor iqtisodiyotini qurişda davom etiş uçun muhim bölgan çora-tadbirlarni muhokama qilamiz.

Özbekiston sönggi 5 yil içida amalga oşirilgan bozor islohotlari natijasida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda muvaffaqiyatlarga erişdi. Mamlakat 2030 yilgaça aholi jon boşiga daromadi örtaçadan yuqori davlatlar qatoriga kiriş kabi ulkan maqsadlariga erişişi uçun ösişning amaldagi suratlarini saqlab qolişi lozim.

Afsuski, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi boşqa mamlakatlarda bölgani kabi, COVID-19 pandemiyasi inqirozidan keyin Özbekistonning iqtisodiy tiklaniş jarayoni Ukrainadagi uruş natijasida yanada murakkablaşdi. Jahon bankining hisob-kitoblariga köra, 2022 yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi inflatsiya oşişiga olib keluvçi oziq-ovqat va energetika narxlari kötarilişi fonida şakllanayotgan bozorlar va rivojlanayotgan mamlakatlarda YaIM 0,2% ga qisqaradi. 2023 yilda mintaqa iqtisodiyotida ösiş kuzatiladi, biroq uning suratlari pastligiça qoladi va bu körsatkiç 0,3% ni taşkil etadi.

Bundan taşqari, bizning qisqa muddatli prognozlarimizga turli pasaytiruvçi xatarlar ta’sir körsatmoqda. Masalan, xomaşyo va iste’mol tovarlari narxlarining yuqoriligi, Xitoy va Yevropa ittifoqida iqtisodiy ösiş sur’atlarining sekinlaşiş ehtimoli, jahon banklari foiz stavkalarining oşişi va global moliyaviy bozorlarda şartlarning keskinlaştirilişi. Kelajak yana boşqa köplab noaniqliklarga töla, bu esa iqtisodiy prognozlaştiriş uçun qiyinçiliklar tuğdiradi.