Samarqand viloyati Bojxona boşqarmasi axborot xizmatining xabar berişiça, fuqarolarga yanada qulaylik yaratiş maqsadida “Jartepa" çegara bojxona postida joylaşgan binolarni kapital ta’mirlaş va hududda obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda.
Şu sababli, 2022 yilning 5-12 noyabr kunlari mazkur bojxona posti orqali fuqarolar va transport vositalarining harakatlanişlariga vaqtinçalik çeklov joriy etiladi.
Çeklov quyidagi holatlarda tatbiq etilmaydi:
- diplomatik va xalqaro taşkilotlar xodimlariga;
- rasmiy (hukumat) delegatsiyalar tarkibiga kiruvçi şaxslarga;
- respublikamizda investitsiya loyihalari doirasida faoliyat yuritib kelayotgan xorijiy taşkilotlar xodimlariga;
- xalqaro yuk taşiş bilan şuğullanuvçi haydovçilarga;
- mamlakatimizda doimiy yaşovçi çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga;
- Tojikiston davlatida doimiy yaşovçi Özbekiston fuqarolariga;
- öz yurtiga qaytayotgan Özbekiston va Tojikiston fuqarolariga;
- Tojikistonga ketayotgan uçinçi davlat fuqarolariga.
Avvalroq, 2022 yil 5-16 sentabr kunlari ham yölovçilarga yanada qulaylik yaratiş maqsadida binolarni kapital ta’mirlaş va hududda obodonlaştiriş işlari olib borilişi munosabati bilan “Jartepa” çegara bojxona posti vaqtinçalik yopilgandi.











