Buyuk Britaniyaning «Şimoliy oqim» va «Şimoliy oqim 2» gaz quvurlari portlaşlariga aloqadorligi haqida 3 noyabr, payşanba kuni Rossiya Xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşev ma’lum qildi. 

Dalil sifatida u gaz quvuridagi portlaşlardan köp ötmay Buyuk Britaniyaning öşa paytdagi boş vaziri Liz Trass tomonidan AQŞ davlat kotibi Entoni Blinkenga yuborilgan «Hammasi bajarildi» matnli xabarini keltirdi. Bu haqda u Moskvada MDH davlatlari xavfsizlik kengaşlari kotiblari yiğilişida bayonot berdi. 

Rossiyaning RIA «Novosti» axborot agentligi xabariga köra, Britaniya boş vazirining telefoni hakerlar tomonidan buzib kirilganidan söng ma’lum bölgan Entoni Blinkenga «esemes» haqida Twitter’da Kim Dotcom nomli foydalanuvçi xabar bergan. Agentlik uni Yangi Zelandiyada yaşovçi nemis-fin işbilarmoni deb ataydi va u reket, pul yuviş va firibgarlikda ayblanayotganini, AQŞ rasmiylari uning ekstraditsiyasini talab qilayotganini qayd etadi. 

Kim Dotcom’ning sözlariga köra, gap iyul oyida, ya’ni «Şimoliy oqim» portlaşlaridan oldin buzib kirilgan Trassning boşqa telefoni haqida ketyapti.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Buyuk Britaniyani 29 oktyabr kuni Sevastopolda Rossiya Qora dengiz floti kemalariga uçuvçisiz boşqariladigan uçoqlar hujumiga aloqadorlikda ayblagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi uşbu hujumni terrorçilik harakati deb atadi va u Ukraina harbiy-dengiz kuçlarining 73-maxsus dengiz operatsiyalari markazi askarlari tomonidan uyuştirilgani va operatsiya göyoki «ingliz mutaxassislari» rahbarligida Nikolayev viloyati, Oçakiv şahrida tayyorlanganini ma’lum qildi. 

London bu bayonotni «epik nisbatlardagi yolğon» deb atadi. 

26 sentabr kuni «Şimoliy oqim»ning ikkala tarmoği va «Şimoliy oqim 2»ning bir tarmoği şikastlangan. 

Oktabr oyi örtalarida Şvetsiya boş vaziri Magdalena Andersson uning mamlakati Rossiya va boşqa davlatlarga qirollikning maxsus iqtisodiy zonasida gaz quvurlariga yetkazilgan zarar sabablarini tekşiriş natijalarini bermasligini aytdi va buni xavfsizlik sektori uçun uşbu ma’lumotlarning yuqori darajadagi ahamiyati bilan izohladi.

Germaniyada federal prokuratura «energetika ta’minoti infratuzilmasini jiddiy zöravonlik bilan sabotaj qiliş» gumoni yuzasidan «Şimoliy oqim»ga yetkazilgan zararni tekşirmoqda. Oktabr oyi boşida Germaniya harbiy-dengiz kuçlarining ikkita kemasi quvurlarga yetkazilgan zararni hujjatlaştirişi kerak bölgan ğavvoslar bilan Daniyaning Bornholm oroliga yöl oldi.