Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan sun’iy intellekt sohasida hamkorlikni rivojlantiradi
O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos boshchiligidagi delegatsiya xizmat safari bilan Koreyada bo‘lib turibdi.
Seulda bo‘lib o‘tgan muloqotlarda “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya markazi” qo‘shma loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma loyihasi tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, maqsadi O‘zbekiston xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini raqamlashtirish sohasida o‘zaro hamkorlikni yangi pog‘onaga olib chiqishdan iborat. Sun’iy intellektni rivojlantirish, elektron hukumat arxitekturasi va tuzilmasini optimallashtirish va raqamli ko‘nikmalarni oshirish nazarda tutilgan.
Koreya Respublikasi Davlat boshqaruvi va xavfsizlik vazirligi Raqamli hukumat byurosi bosh direktori So Boram bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Muzokaralarda tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollari, elektron hukumatni rivojlantirish, iqtisodiyot barcha tarmoqlarini raqamlashtirish, sun’iy intellekt bo‘yicha Koreya ilg‘or tajribasini o‘rganish, ta’lim, ikki davlat texnoparklari o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Mavzuga oid
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
12:50 / 02.02.2026