Sönggi vaqtlarda Yevropa va Özbekiston örtasidagi aloqalarda birmunça jonlaniş kuzatilyapti. Biz bugun uşbu mavzuni tölaroq yoritiş maqsadida siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov bilan intervyu taşkil qildik.

– Yevropa Ittifoqi uçun Özbekistonning qanday ahamiyati bor? YeI davlatlari Özbekistonni Markaziy Osiyosiz alohida sub’yekt sifatida köra oladimi?

– Biz borgan sari globallaşgan dunyoga kirib boryapmiz. Şu sababli mintaqalarning uzoqligi özining ahamiyatini pasaytirib boraveradi. Uning ustiga biz bitta qit’ada joylaşganmiz. Ötgan yilgi Afğoniston uruşi tugagunga qadar Özbekiston va Markaziy Osiyo ikki jihatdan ahamiyatga ega böldi. Birinçisi, global xavfsizlik, ikkinçisi, mintaqadagi geosiyosiy vaziyat. Yevropa Ittifoqi Kollektiv Ğarbning tarkibiy qismi sifatida mintaqada Rossiya va Xitoyning haddan taşqari kuçayib ketişini istamaydi. Mintaqada davlatlar suverenitetligi saqlanib qolişi tarafdori. Ötgan yili 21 avgustda Kollektiv Ğarb Afğonistondan çiqib ketişga majbur böldi. Şu bois Kollektiv Ğarbning Afğonistonga va Özbekistonga bu nuqtai nazardan e’tibori ançagina pasaydi. Lekin dunyodagi eng katta uruş possovet davlatlari orasida – Rossiya va Ukraina örtasida bölyapti. Bugun bu hududda yangi bir muhit şakllandi. Uruşning boşlanişida possovet hududidagi davlatlarning agressiv Rossiya tomonidan yutilib ketiş xavfi juda yuqori edi. Uruşning dastlabki kunlarida Zelenskiyning qoçib ketişi taxmin qilinib, bir neçta davlatlar hatto boşpana ham taklif qildi. Oradan 8-9 oy ötib, geosiyosiy ohang boşqa tomonga özgardi. Şuning fonida Kollektiv Ğarb özining geosiyosiy faolligini oşiryapti.

Markaziy Osiyo davlatlarining har biriga Yevropa Ittifoqi va uning davlatlari turliça nazar bilan qaraşadi. Masalan, Qozoğiston hudud jihatdan juda ham katta davlat. Resurslarga juda ham boy. Ğarb davlatlari Qozoğistonga geoiqtisodiy jihatdan qaraşadi. Ammo Markaziy Osiyoda geosiyosiy yaxlitlik va xavfsizlik borasida Özbekistonga alohida e’tibor qaratişadi. Ulardagi ekspertlar Özbekistonsiz bu hududlarda heç bir loyiha töliq bölmasligini e’tirof etişadi. Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoning Rossiya bosimidan xalos bölişi tarafdori. Hozir bu jarayon davom etmoqda. Ukraina bilan uruş fonida Rossiya özining 20 yil davomida mahorat bilan şakllantirib borgan geosiyosiy qudratini tezlikda yöqotdi. Yuzaga kelgan mana şu vakuumni Xitoy töldirib turibdi. Kollektiv Ğarb va Yevroittifoq mana şu holatga biroz xavotir bilan ham qaraydi.