Uruşning 255-kunidagi asosiy ma’lumotlar:
- Eron taşqi işlar vaziri Rossiyaga harbiy dronlar yetkazib berilgani faktini ilk bor tan oldi. Ammo u dronlar uruşdan oldin va katta bölmagan miqdorda yetkazib berilganini aytdi. Ukraina prezidenti buni yolğon deb atadi va ukrain harbiylari kuniga örtaça önta eronliklar dronini urib tuşirayotganini ma’lum qildi. Bunga qadar Moskva ham, Tehron ham avgust oyida harbiy harakatlar maydonida paydo bölgan dronlar Erondan Rossiyaga yetkazib berilayotganini rasman inkor etayotgandi.
- Rossiya Xerson yaqinida Dnepr daryosidan suzib ötiş vositalarini portlatib yuborgan. Bu esa daryoda katta hajmda yonilği-moy moddalari yiğilişiga olib kelgan, Xerson oblasti harbiy ma’muriyati bu ekologik falokat tahdidini yuzaga keltirganini aytmoqda.
- Yevgeniy Prigojin «Kepka Prigojina» telegram-kanali göyoki öziga tegişli emasligini aytdi - bu kanal şu vaqtgaça uning matbuot xizmati orqali OAV savollariga javob qaytarib kelardi. Şundan söng uning matbuot xizmati bölgan «Konkord» guruhi telegramda oçilgan yangi kanal uning rasmiy sahifasi ekanini bildirdi.
- Xerson san’at muzeyidan ma’lum qilişlariça, Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyat evakuatsiya bahonasida eksponatlarni Qrimga olib ketgan.
- Rossiyaliklarning iyul-sentabr oylarida possovet hududidagi mamlakatlarga taşrifi böyiça sönggi yillardagi rekord körsatkiçlar qayd etildi.
- Anneksiya qilingan Melitopolda yetti yil muqaddam buzib taşlangan Lenin haykali tiklandi.
Quyida 5 noyabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Xerson oblastida qariyalar uyidagi aholining köçirilişi

EPA / Scanpix / LETA





































