“Oliy ma’lumotga ega bölmagan hokim yordamçilarini davlat oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida öqişga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Oliy ma’lumotga ega bölmagan hokim yordamçilarini davlat oliy ta’lim muassasalari iqtisodiy ta’lim yönalişlari böyiça davlat granti asosida sirtqi ta’lim şaklida öqitiş xarajatlarini moliyalaştiriş davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida kadrlar tayyorlaş uçun davlat budjetidan ajratiladigan mablağlar doirasida amalga oşiriladi.
Öqişga qabul qiliş Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari tavsiyanomasiga ega bölgan hokim yordamçilari (tavsiyanomaga ega bölgan abituriyentlar) hisobidan, keyinçalik uşbu tizimda beş yil işlab beriş şarti bilan iqtisodiyot sohasi böyiça bakalavriat ta’lim yönalişlari sirtqi ta’lim şakliga suhbat natijalariga asosan amalga oşiriladi.
Tavsiyanomalar Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari tomonidan, uşbu lavozim vakant bölganda va/yoki uning vazifalarini bajariş boşqa şaxsga yuklatilganda esa – uşbu rahbar tomonidan beriladi.
Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari tomonidan beriladigan tavsiyanomalar soni hududlar kesimida Özbekiston davlat oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş jarayonlarini muvofiqlaştiriş böyiça davlat komissiyasi qarori bilan belgilanadi.
Tavsiyanomaga ega bölgan abituriyentlarga iqtisodiyot sohasi böyiça bakalavriat ta’lim yönalişlari sirtqi ta’lim şakliga suhbat natijalariga köra davlat granti asosida öqişga kirişi uçun Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari tomonidan beriladigan tavsiyanomalar faqat berilgan öquv yili uçun amal qiladi.
Tavsiyanomaga ega bölgan abituriyentlarni röyxatdan ötkaziş Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi maxsus elektron tizimi orqali amalga oşiriladi. Bunda röyxatdan ötiş muddati har yili Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat test markazi tomonidan kelişilgan holda belgilanadi.
Oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi raisi tomonidan tavsiyanomaga ega bölgan abituriyentlar bilan suhbat ötkaziş böyiça alohida suhbat komissiyasi taşkil etiladi.
Suhbat komissiyasi 7 nafardan kam bölmagan tarkibda tuziladi va tarkibiga soha böyiça yuqori malakali professor-öqituvçilar, soha mutaxassislari kiritiladi. Suhbat komissiyasi tarkibiga Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari vakillari ham kiritilişi mumkin.

















