8 noyabr – bu shunchaki seshanba emas, Qo‘shma Shtatlarda saylovlar o‘tadigan kun. 1845 yilda qabul qilingan qonunga ko‘ra noyabr oyining ikkinchi seshanbasida saylovlar o‘tkazilishi belgilangan. 

Amerikaliklar bugungi saylovlarda Vakillar palatasini to‘liq yangilaydi, Senatning uchdan bir qismi qayta saylanadi, shuningdek ko‘plab shtatlarda mahalliy kengashlar va gubernatorlik uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Ayni vaqtda Kongressning ikki palatasi ham demokratlar tomonidan nazorat qilinmoqda, prognozlarga ko‘ra, saylovdan keyin respublikachilar Vakillar palatasida ustunlikka ega bo‘lishi mumkin.

Foto: Getty Images

Bu saylovlar natijasi Jo Baydenning keyingi ikki yillikdagi prezidentligi hamda u olib boradigan siyosatga, jumladan Ukrainada Rossiya tajovuziga qarshi kurashiga ta’sir ko‘rsatishi muqarrar.

Vakillar palatasidagi 435 nafar a’zoning barchasi har ikki yilda qayta saylanadi. So‘nggi ikki yilda palatada demokratlar ko‘pchilikni tashkil etishgan. Bu odatiy holat: yangi prezident saylanganida ko‘p hollarda uning partiyasi Kongressning ikki palatasini ham nazorat qiladi.

Ammo demokratlar kongressdagi o‘z ta’sirini saqlab qolishi imkoniyatlari yuqori emas - odatga ko‘ra amaldagi prezident partiyasi oraliq saylovlarda mag‘lub bo‘ladi. Istisno holat faqat 2002 yilda kuzatilgan, bu 11 sentabr teraktlaridan keyingi yil edi, o‘shanda kichik Bushning mashhurligi yuqori darajada bo‘lgan.

Bundan tashqari, tuzilmaviy afzallik bor. Konstitutsiyaga ko‘ra, har bir saylov okrugida yashovchi saylovchilar soni taxminan teng bo‘lishi kerak, ammo shu bilan birga har bir shtatda kamida bitta okrug bo‘lishi talab etiladi (aholi kam yashovchi shtatlar esa bor - masalan, Alyaska shtatidan faqat bir nafar kongressmen saylanadi). Qolgan barchasi shtatlarga bog‘liq va shtatlardan ko‘pchiligida bu shuni anglatadiki, saylov okruglari shtat qonun chiqaruvchi organida ustunlikka ega bo‘lgan partiya tomonidan qisqartiriladi (ba’zida gubernatorning veto huquqi bilan).

Bunday amaliyot (uning alohida nomi ham bor - jyerrimendering) shunga olib kelganki, okruglarning aksarida ikki partiyadan biri mutlaq imkoniyatga ega bo‘ladi. Cook Political Report hisobotiga ko‘ra, demokratlar 159 okrugda, respublikachilar esa - 188 tasida g‘alaba qozonishi kafolatlangan. Yana 29 okrugda demokratlar g‘alabasi ehtimoli yuqoriroq baholanmoqda.

Ko‘pchilik o‘rinni saqlab qolish uchun demokratlar yana 30 okrugda g‘alaba qozonishi kerak bo‘ladi, so‘rovlarga ko‘ra, natijasini oldindan aytib bo‘lmaydigan «beqaror» okruglar 35 ta va shundan 10 tasi respublikachilarga moyil.