7 noyabr kuni Toşkent metropoliteni «Çilonzor» yönalişi Sergeli yölining 5-bekatida nosozlik yuzaga kelişi oqibatida poyezdlar bir tomonlama harakatni amalga oşirdi. Bu holat yuzasidan metropoliten axborot xizmati izoh berdi.
Ma’lum qilinişiça, soat 19:10 da poyezd harakat yölida texnik nosozlik holati kuzatilgan, buning oqibatida bekatda bölgan 17-sonli harakat tarkibi harakatlana olmagan hamda uşbu yölda yölovçilar va harakat xavfsizligini ta’minlaş maqsadida harakat vaqtinçalik töxtatilgan.
Uşbu vaqt oraliğida «Buyuk Ipak yöli» hamda «Olmazor» bekatlari oraliğida poyezdlar jadval asosida harakatlangan.
«Olmazor» hamda Sergeli yöli 5-bekat oraliğida uşbu nosozlik holati tuzatilgunga qadar bir tomonlama harakat amalga oşirilgan. Soat 19:37 da kuzatilgan nosozlik mutaxassislar tomonidan bartaraf etilgan va poyezdlar harakatlana boşlagan. Hozirda barça poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.

















