XVIII-XIX asrlarda Buxoro amirligida yengiltabiat ayollarga muşuk yordamida qanday jazo qöllangan?
|01:51 / 08.11.202255 70714 min
Olmaxon körinişidagi kopilkalar uning qaysi xususiyati uçun keng tarqalgan? Qaysi hududda yaşovçi burgutlar bulutlardan ham balandroqda uçadi? – “Zakovat” teleöyini kuzgi mavsumining ikkinçi öyinida Farrux Rafiqov jamoasi iştirok etdi.
Foto: ZakovatFoto: Zakovat
Kuzgi mavsumning ikkinçi öyinida Farrux Rafiqov jamoasi iştirok etadi.
Jamoa a’zolari (çapdan öngga):
Ravşan Ismoilov - UzTelecom aksiyadorlik jamiyati hodimi;
1-raundda Mavlono Ali Quşçi nasihati haqida savol öynaldi. Ğaflatda qolib, quşlar sizlarni uyaltirib qöyişmasin, degan nasihati nimani anglatişi söralgan savolda bilimdonlar töğri javob bera oldi va öyin hisobini öz foydalariga oçişdi. Hisob – 1:0.
2-raundda juda qiziq savol öynaldi. 1970-80 yillarda Moskvada teatrga kirganlar nega maxsus tabloda turliça raqam kiritgan, degan savolga jamoa töğri javob berolmadi. Şu tariqa hisob tenglaşdi – 1:1.
Keyingi raund savoli Buxoro amirligida fohişalarga qöllangan jazo turi haqida böldi. Jamoa savolga muddatidan oldin javob berişi natijasida uşbu ma’lumotni avvaldan bilişi oydinlaşdi. Hisob – 2:1.
Törtinçi raundda jamoa oltiariqlik dehqonlar uzumni xomtok qilganidan keyin mahalla ahli tom ustiga çiqib nima iş qilişi haqidagi savol bilan sinovdan ötkazildi. Afsuski, jamoa uzumçilikdagi bunday nozik jihatga yetib bora olmadi. Hisob yana tenglaşdi – 2:2
Öyin tengkuraşlar ostida keçmoqda. Bunday vaziyatda öyin natijasini oldindan taxmin qiliş ança muşkul.
5-raund savoli bilimdonlarning yana oldinga ötib olişiga sabab böldi. Branislav Nuşiç asarida çivin çaqişdek gap bölsa-da, insonni lov etib yondirişga qodir deya ta’riflangan narsa nima ekanini tajribali bilimdonlar qiynalmasdan topa oldi. Hisob – 3:2.
Navbatdagi raundda berilgan Berlindagi muzey haqidagi savolga jamoa çala javob berdi va boşlovçi bu raundda jamoaga mağlubiyat yozdi. Hisob yana tenglaşdi – 3:3.
7-raundda nega olmaxon körinişidagi kopilkalar dunyo böyiça keng tarqalgani haqidagi savol öynaldi. Bu savolga ham jamoaning bergan javobi qoniqarli deb topilmadi va hisobda ilk bor teletomoşabinlar oldinga ötib oldi – 3:4.
Mavzuga oid
8-raund. Gogol asarlarida bir ukrain milliy libosiga berilgan ikki xil ta’rif haqidagi qiziqarli savol öynaldi. Jamoaning kuçi yetadigan savol bölsa-da, negadir bir daqiqa yakunida jamoada işonçli variant bölmadi va klub yordamidan foydalanildi. Klub esa jamoaning joniga ora kirib, hisob tenglaşişiga hissa qöşdi – 4:4.
9-raund savoli qaysi burgutlar bulutlardan ham baland joyda uçişi haqida böldi. Bu savolga jamoa kutilganidan biroz boşqaça javob bergan bölsa ham, jamoaning javobi mantiqan töğri deb topildi va yana bilimdonlar oldinga çiqib oldi. Hisob – 5:4.
Jamoa hisobni özi uçun qulay körinişga keltirib oldi. Biroq xotirjam bölişga sira hojat yöq. Agarda keyingi raundda ham böşaşmay, işonçli öyin körsatilsa, ğalaba naqd.
10-raundda jamoaning baxtiga biroz yengilroq savol tuşib qoldi. Bunday savollarni ötkazib yubormaydigan tajribali jamoa muhokama yakunida töğri javob berdi va ğalabani öziniki qildi. Hisob – 6:4.
6:4 hisobidagi işonçli ğalabadan söng, şu kungaça öynagan jamoalar orasida hozirça Farrux Rafiqov jamoasi final uçun nomzod bölib turibdi. Bu hisob keyinroq öynaydigan Bobur Yoqubov, Jobir Ahmedov va Nodira Turğunova jamoalariga bosim yuklaşi mumkin. Köramiz, finalga qaysi jamoa yöl olarkan.
Öyin stenogrammasi bilan quyida tanişib çiqişingiz mumkin.
1-raund. Savol muallifi: Jumagul Mamayunusova, Yozyovon tumani.
Boşlovçi: Mavlono Ali Quşçi nasihatlaridan birini tinglang: "Ey farzandlarim, quşlarni sevinglar va ularni himoya qilinglar, ularni parvariş etinglar, lekin ğaflatda qolib, quşlar sizlarni uyaltirib qöyişmasin" - der edi. Haqiqatan ham bir holatda quşlar egasini uyaltirib qöyişi mumkin.
Diqqat savol: Quşlar egasini qanday uyaltirişi mumkin?
Javobni Farrux Rafiqov beradi: Ğaflat köpinça uyqu bilan yonma-yon yuradi. Ertalabda uyğonganingda quşlar sendan oldin uyğonib, sayrab qöymasin degan ma’no nazarda tutilib, uyğoniş haqida gap ketmoqda deb öylaymiz.
Bilimdonlar jamoasi 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
2-raund. Savol muallifi: Gulmurod Eşonqulov, Beşkent tumani.
Boşlovçi: 1970-80-yillarda Moskvada teatrga kiruvçilar soni juda köp bölgan. Teatrga kirgaç, Moskva muxlislari maxsus tablo yoniga kelib, özlariga kerakli raqamlarni bosişarkan. Masalan, kimgadir 9, kimgadir 22, kimgadir 56 va hokazo.
Diqqat savol: Tablodagi raqam va sonlar nimani bildirgan?
Javobni Azizbek Abdullayev beradi: Odam köp bölganligi sabab, odamlar taşqariga çiqiş navbatini tablodagi öziga kerakli raqam bilan belgilagan va şu tartibda taşqariga çiqib kelgan.
Töğri javob: 70-80-yillarda aholining köp qismi şahar transportida yurgan. Spektakl boşlanmasidan oldin tomoşabinlar özlari yuradigan avtobuslarga buyurtma berib qöyişgan. Ma’muriyat avtoparklarga spektakl tugaşiga şu raqamdagi avtobuslarni teatr oldiga buyurtma qilib qöygan.
Hisob: 1-1
Savol muallifi Gulmurod Eşonqulov 1 million söm pul mukofotni qölga kiritdi!
3-raund. Savol muallifi: Fozil Şaripov, Uzun tumani.
Boşlovçi: XVIII-XIX asrlar Buxoro amirligida bir jazo turi bölgan. U jazoni fohişalik bilan şuğullangan ayollarga qöllaşgan. Uning uçun bitta qop, tayoq va U kerak bölgan.
Diqqat savol: Bir daqiqa öylang-da, ayting: U nima?
Jamoa muddatidan oldin javob beradi.
Javobni Farrux Rafiqov beradi: Muşuk
Boşlovçi: Amirlik davrida fohişani qopga muşuk bilan birga solişgan va qopning oğzini boğlaşgan. Keyin qopning ustidan tayoq bilan kaltaklaşgan. Kaltak yegan muşuk qopdan çiqib ketiş uçun qopda jon holatda tipirçilab, uning içidagi fohişani timdalab taşlagan. Jamoa töğri javob berdi.
Hisob: 2-1
Bilimdonlar jamoasi 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
4-raund. Savol muallifi: Qodirjon Töxtasinov, Marğilon şahri.
Boşlovçi: Oltiariqda aholi mahalla-mahalla bölib, uzum yetiştiradi. Oliy navli sifatli uzum yetiştiriş uçun erta bahordan harakat boşlanadi. Toklar xomtok qilingaç, butun mahalla ahli tomlarga çiqişadi.
Diqqat savol: Azaldan oltiariqlik boğbonlar tomlarda nima qilişadi?
Töğri javob: Uzumzorlarga kasallik taşuvçilar - quşlar hisoblanadi, ammo quşlarga hali erta. Bu paytda tomlarga, böğotlarga arilar in qöyadi. Bahor payti arilar in qöyişga tayyorgarlik boşlaşi bilan butun aholi tomlarni, boğotlarni tekşirib, ari inlarini buzişadi.
Hisob: 2-2
Savol muallifi Qodirjon Töxtasinov 2 million söm pul mukofotni qölga kiritdi!
5-raund. Savol muallifi: Xurşida Fayzullayeva, Romitan tumani.
Boşlovçi: Branislav Nuşiç “Tarjimai hol” asarida U haqida şunday yozadi: U qonni zaharlaşga olib kelmaydigan, badanni biroz bezovta qiladigan çivin çaqişdek gap bölsa-da, unda doim gugurt böladi. Lov etib yondirişga qodir, ammo köp hollarda bu alanga moyi tugab, özi öçadigan çiroq kabidir.
Sizlarni maqsadga sal yaqinlaştiraman, sizga bu savolni aniq topişingizda qaşqadaryolik va asakalik bölgan ikkita ijodkorlarning birgalikda yaratgan asarlari yordam berişi mumkin.
Diqqat savol: Uning nimaligini ikkita söz bilan toping.
Javobni Ravşan Ismoilov beradi: birinçi muhabbat
Jamoa töğri javob berdi
Hisob: 3-2
Bilimdonlar jamoasi 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
6-raund. Savol muallifi: Abduvohid Ahmedov, Andijon şahri.
Boşlovçi: Erix Mariya Remark 1923 yil oxirlarida Berlinga kelib, şahardagi bir muzeyga kiradi. Muzeydan katta taassurot bilan köngli kötarilib çiqadi. Muzeydagi liq töla tomoşabinlarni körib, muzeyga hali ham qiziquvçilar borligidan xursand bölib ketadi. Keyinroq tomoşaga kelganlarning yarmidan köpi san’atni umuman tuşunmaydigan kişilar ekanligini bilgaç, xafsalasi pir böladi. Ularga kiriş bepul bölganidan ham muzey liq töla, şunda ham ular tomoşa qilişga kirişmagan edi.
Diqqat savol: Ular kimlar va nima maqsadda muzeyda yurişgan edi?
Javobni Saidkamol Abdurazzoqov beradi: Ular isiniş maqsadida kirgan uysizlar deb hisoblaymiz.
Töğri javob: Voqea 1923 yilning oxirida dekabr oyida bölmoqda. Taşqari sovuq, ular isiniş uçun ham muzeyda aylanib yurişgan. Ular - işsiz kişilar edi.
Hisob: 3-3
Savol muallifi Abduvohid Ahmedov 3 million söm pul mukofotni qölga kiritdi!
7-raund. Savol muallifi: Abdulaziz Qosimov, Toşkent şahri.
Boşlovçi: Marhamat, ekranga diqqatingizni qarating. Turli körinişdagi pul töplovçi kopilkalar surati.
Har yili oktyabr oyida bolalar örtasida xalqaro moliyaviy savodxonlik haftaligi ötkaziladi. Bolalarga pul jamğariş usullari örgatiladi va turli xil kopilkalar ham namoyiş etiladi. Kopilkalar masalan, möğullarda tuya körinişida, nemislarda çöçqa körinişida, qirğizlarda ötov körinişida va hokazo. Köp millatlar negadir olmaxon körinişidagi pul töplaş idişlarini tanlaşadi.
Diqqat savol: Köplar nega aynan olmaxondan kopilka yasaşadi va qanday xususiyati uçun?
Javobni Umarxon Şarif beradi: Olmaxonlarning yonğoqni qora kunga yiğib, ğamlab qöyiş odatlari bor, ya’ni yonğoq ğamlaş xususiyati uçun.
Töğri javob: Tabiatan olmaxon topgan narsasini darrov yerni kavlab, kömib taşlaydi, keyin eslolmay yuradi. Pişiq kişilar uning mana şu odati uçun, ya’ni köproq töplab, kamroq sarf qilay degan maqsadda olmaxonni tanlaşadi.
Hisob: 3-4
Savol muallifi Abdulaziz Qosimov 4 million söm pul mukofotni qölga kiritdi!
8-raund. Savol muallifi: Dilşod Oğaniyozov, Olot tumani.
Boşlovçi: Nikolay Vasileviç Gogol bir asarida “Uning ukrainlarga taalluqlisida Qora dengiz beqiyosligini köriş mumkin” - degan iborani işlatgan va bu ança börttirilgan fakt albatta. Yana bir hikoyasida Unga kattagina hovlining yarmini laş-luşlari bilan siğdirsa böladi deb yozgan.
Diqqat savol: Uning nimaligini ayting.
Jamoa klub yordamidan foydalandi.
Javobni Azizbek Abdullayev beradi: Ukrainlarning milliy kiyimi - şarovarlar.
Töğri javob: Ukrainlarga taalluqlisida ham Qora dengiz beqiyosligini köriş mumkin, beqiyos, kattani xuddi şunga öxşatgan. Bu “Taras Bulba” asarida edi. “Ivan Ivanoviç va Ivan Nikiforoviç” hikoyasida Ivan Ivanoviç şalvariga uyning yarmi aşqal-daşqali bilan siğadi deb yozgan.
Hisob: 4-4
Bilimdonlar jamoasi 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
9-raund. Savol muallifi — Sarvar va Şahnoza Ğaniyevalar, Kattaqörğon tumani.
Boşlovçi: Qirğiz adibi Çingiz Aytmatov “Asrni qaritgan kun” romanida bir hududda yaşaydigan burgutlar haqida yozgan. Ular hatto bulutlardan ham tepada soatlab uça oladi deb yozgan yozuvçi.
Diqqat savol: Bu burgutlar qaysi hududda yaşaşadi?
Javobni Saidkamol Abdurazzoqov beradi: Boyqönğir (Baykonur) hududidagi burgutlar
Töğri javob: Gap bu yerda pastda, bulutdan pastda soya joy topa olmaganidan keyin ular issiqda soatlab bulutlardan ham tepada uçib yurişga majbur bölişgan. Salqinlaş maqsadida. Ular sahroda yaşovçi burgutlardir. Daşt burgutlari javobi ham qabul qilinadi. Sizlarning javobingizni qabul qilsa böladi.
Hisob: 5-4
Bilimdonlar jamoasi 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
10-raund. Savol muallifi: Şerzod Qurbonov, Kasbi tumani.
Suratda birinçi özbek traktorçi ayol - Saydiniso Şokirova tasvirlangan. Paranjida bölsa-da, traktorni şahdam haydayapti. Savol u ayol haqida emas. Yaxşilab qarasangiz, bu suratda ikki kişining yuzlari qoraga böyab qöyilgan.
Diqqat savol: Nima uçun ularning yuzlari böyab qöyilgan?
Javobni Farrux Rafiqov beradi: Bular keyinçalik siyosiy surgun bölgan insonlar, şuning uçun böyab qöyilgan.
Töğri javob: Bu surat 1923 yilda Qöqonda olingan. Tarixiy şaxslar tasvirlangan bu yerda. Muzeyda osilib turganda u ikki kişining yuzini böyab qöyişga majbur bölişgan, çunki ular keyinçalik qatağonga uçraşgan.
Hisob: 6-4
Bilimdonlar jamoasi 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
Eng yaxşi savol muallifi - Xurşida Fayzullayeva
Birinçi muhabbat haqidagi savoli uçun Xurşida Fayzullayeva 5 mln söm pul mukofotini qölga kiritdi.
Öyinning eng faol bilimdoni - Farrux Rafiqov.
Farrux Rafiqov 5 mln söm pul mukofotini qölga kiritdi.