• 2021 yil sentabr oyida Özbekistonda Yoş tadbirkorlar forumi taşkil etildi va uning birinçi yiğilişi bölib ötdi;
  • transport va bojxona tartib-taomillarini raqamlaştiriş böyiça loyihalar amalga oşirildi: Özbekiston va Turkiya örtasida «yePermit» pilot loyihasi sinovdan ötkazildi, Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston örtasida «raqamli TIR» va «yaşil yölak» pilot loyihalari işga tuşirildi;
  • Özbekistonning «Universal Logistics Service» (Toşkent), «Akhtachi» (Andijon) va «Termez Cargo Centre» (Surxondaryo) logistika markazlari TDTning «Birodar portlar» jarayoniga qöşildi;
  • 2021 yil iyun oyida TDTga a’zo davlatlar turizm vazirlarining 6-yiğilişi bölib ötdi. Qöqon 2022 yilda «Turk dunyosining turistik poytaxti» deb e’lon qilindi;
  • «Tabarruk ziyorat» loyihasi işga tuşirilib, Turizm böyiça «yöl xaritasi» qabul qilindi;
  • 2022 yil iyul oyida Toşkent şahrida TDTga a’zo davlatlar qişloq xöjaligi vazirlarining birinçi yiğilişi va ilk Turkiy Agroforum taşkil etildi;
  • 2022 yil iyun oyida Buxoro şahrida Yoş liderlarning IV forumi taşkil etildi. Forum davomida Buxoro «Turk dunyosining birinçi yoşlar poytaxti» deb e’lon qilindi;
  • Alişer Navoiy nomidagi «Turk dunyosi birligini ta’minlaşga qöşgan hissasi uçun» xalqaro mukofoti ta’sis etildi;
  • Mahmud Koşğariy, Yusuf Xos Xojib, Alişer Navoiy, Muso Al-Xorazmiy kabi allomalarning madaniy merosiga bağişlangan xalqaro ilmiy anjumanlar ötkazildi;
  • Atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi böyiça TDT tuzilmasi, Turkiy xalqlar merosini örganiş xalqaro markazi, IT mutaxassislar platformasi, Injiniring-texnologiya markazi va Turkiy davlatlarning savdo hamkorligi böyiça tadqiqot markazi va boşqalarni yaratişga doir konsepsiyalar işlab çiqilmoqda.

Bu va boşqa taşabbuslar TDT doirasida köp qirrali hamkorlikning yangi formatlarini yölga qöyiş, uning institutsional va amaliy salohiyatini mustahkamlaş imkonini beradi.