O‘zbekiston | 10:21 / 09.11.2022
3659
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoniga O‘zbekiston mahsulotlari eksporti kengaytiriladi

O‘zbekiston elchisi Ulug‘bek Maqsudov Saudiya Arabistonidagi eksport va import bilan shug‘ullanuvchi Al Kawashef kompaniyasi ijrochi direktori Anvar Rahil al-Taleb bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, qandolat va tibbiyot mahsulotlarini podshohlik bozoriga eksport qilish va ikki davlat o‘rtasida savdo hajmini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Anvar Rahil al-Taleb O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, meva-sabzavotlarni qayta ishlash va ular eksport salohiyatini oshib borishi chet ellik importchi hamkorlarni jalb etayotganiga urg‘u berdi.

Suhbatdosh O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifati yuqoriligi, ularni Saudiya bozorlariga eksport qilish muhimligini ta’kidladi.

Anvar Rahil al-Taleb joriy yil noyabr–dekabr oylarida mamlakatga safar qilishi, ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi, qandolat va tibbiyot mahsulotlarini Saudiya Arabistoniga eksport qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish istagida ekanini ma’lum qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid