Uning sözlariga köra, muddatlar köplab omillarga, jumladan, «Rossiya qömondonligining rejalariga» boğliq. 

Uning fikriça, aniq aytiş mumkin bölgan yagona narsa: Xerson yaqin kelajakda ozod qilinadi.

Bundan oldin Rossiya qöşinlari Xerson viloyatida bir neçta köpriklarni portlatib yuborgandi.

Xerson viloyatida Ingulets daryosi böylab ötgan Darevskiy köprigi portlatib yuborildi, u Rossiya qöşinlari tomonidan egallab olingan Xerson va Nova Kaxovka örtasida aloqa yöli bölib xizmat qilayotgandi. 

Mahalliy Telegram kanallar xabariga köra, köprik Rossiya qöşinlari tomonidan portlatilgan. 

Bundan taşqari, Xersonni örab turgan boşqa bir qator ötiş joylari - Ukraina Qurolli kuçlari ilgari harakat qila boşlagan Snigirevkaga kiraverişdagi Tyaginskiy piyodalar köprigi va Novovasilevskiy köprigi portlatilgani haqida xabar berilgan.