Ukrainaning bosib olingan hududlaridan tinç aholini Rossiyaga majburan olib çiqiş - harbiy jinoyat, ehtimol, insoniyatga qarşi jinoyatdir. Bu haqda Amnesty International xalqaro inson huquqlari taşkilotining 10 noyabr, payşanba kuni çop etilgan hisobotida aytiladi.

Uni tayyorlaş jarayonida huquq himoyaçilari Ukrainadagi 88 nafar tinç aholi vakillari bilan suhbat ötkazdilar, ulardan 48 nafari Rossiya bosqinidan oldin Mariupolda yaşagan. Suhbatdoşlarning aytişiça, şahar bosib olingandan söng rus qöşinlari tinç aholining Kiyev nazorati ostidagi hududlarga çiqib ketişiga faol tösqinlik qilgan.

Ayrim suhbatdoşlar rossiyalik harbiylar ularni «DXR» deb ataluvçi hududga yöl olgan «evakuatsiya» avtobuslariga majburan jönatganini aytişgan. Natijada köplab Mariupol aholisi Rossiya hududiga tuşib qolişdi. Okkupantlar şaxsiy avtomaşinada şaharni tark etişga uringan fuqarolarni Ukraina nazoratidagi hududlar yönalişi böyiça çegarani kesib ötiş xavfi haqida ogohlantirgan. Köpgina respondentlar «evakuatsiya»ni majburiy deb ataşgan. Bir qator hollarda, bolalarni majburan olib ketiş paytida, ular öz ota-onalaridan ajratilgan, bu xalqaro gumanitar huquq normalariga ziddir, deyiladi AI hisobotida.

Huquq faollari suhbatlaşgan yana 40 kişi Donetsk, Luhansk, Xerson, Xarkiv va Zaporijjya viloyatlari aholisidir. Amnesty International öz uylarini tark etişga majbur bölgan ukrainaliklar filtratsiya qilinganini bildirdi. Tinç aholining fikriga köra, bu jarayon köpinça yomon muomala va hatto qiynoqlar bilan birga bölgan.

Amnesty International taşkiloti ukrainaliklarni deportatsiya qiliş holatlari böyiça xalqaro suriştiruv ötkazişga çaqirdi, şuningdek, Rossiyadan Ukrainadan tinç aholini majburiy köçiriş va özboşimçalik bilan hibsga olişni töxtatişni talab qildi. Buning uçun aybdorlar jazolanişi kerak, dedi Al Germaniya bölimi vakili Yanine Ulmanzik.