«Davlatlarimiz orasida ayrim import bojxona tariflari ham yuqori bölib qolmoqda. Bu strategik yönalişda vaziyatni tubdan özgartiriş, savdo, investitsiya va xizmatlarning erkin harakatini ta’minlaş uçun, Taşkilotimiz doirasida «Yangi iqtisodiy imkoniyatlar hududini»ni barpo etiş taşabbusini ilgari suramiz», — dedi Mirziyoyev.
Şavkat Mirziyoyev Taşkilotga a’zo va kuzatuvçi mamlakatlar hamda dunyo yetakçi biznes vakillarini keng jalb qilgan holda, har yili Xalqaro turkiy iqtisodiy forumni ötkazişni taklif etdi.
«Biz Qöşma investitsiya fondini işga tuşiriş taklifini ham töliq qöllab-quvvatlaymiz. Transkaspiy xalqaro koridori haqida köp gapiryapmiz, ammo sezilarli natijalarga erişiş uçun ança işlar qilişimiz kerak. Misol uçun: Özbekiston uşbu transport yölagi orqali 10 foiz taşqi savdo yuklarini taşimoqda», — dedi Mirziyoyev.
«Turkiya va Özbekiston örtasida yaqinda joriy etilgan avto-transport elektron ruxsatnomalari almaşiş tizimiga Taşkilotimiz davlatlarini ham qöşilişga çaqiramiz», — Mirziyoyev.
Şavkat Mirziyoyev kelgusi yili yurtimizda Turkiy dunyo yoşlarining ilm va innovatsiyalar xalqaro kongressini ötkazişni taklif qildi.
«Men bugun Özbekistonning Turkiy madaniyat xalqaro taşkilotiga tölaqonli a’zo bölganini e’lon qilişdan mamnunman.Özining 30 yilligini nişonlayotgan taşkilot doirasida kelgusi yili Turkiy xalqlar madaniyati festivalini ötkaziş taklifini töliq ma’qullaymiz», — dedi Mirziyoyev.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Alişer Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni har yili berib borişni taklif etdi.


















