Xususan, loyihada Jinoyat kodeksining 278-moddasiga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda:
«Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazish hamda ularni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish»;
2) 278-modda to‘rtinchi qismning dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilishi nazarda tutilgan:
«Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish, o‘tkazish yoki ularda ishtirok etish uchun telekommunikatsiya tarmoqlari yoxud Internet jahon axborot tarmog‘i orqali xizmatlar ko‘rsatish, tegishli dasturiy ta’minotdan nusxa ko‘paytirish, uni tarqatish;
3) 278-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilishi nazarda tutilmoqda:
«Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni qonunga xilof ravishda tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni qonunga xilof ravishda reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa –bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
- b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa –
uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 191-moddasiga quyidagi mazmundagi o‘zgartirishlar kiritilishi taklif qilingan:

















