Bir kubikni yiğiş uçun Şoli örtaça 12 soniya vaqt sarfladi. U rekord darajadagi marafonni 9 noyabr kuni ertalab soat 8 da boşlagan va roppa-rosa bir kundan keyin uyqu va ovqatlaniş uçun tanaffuslarsiz yakunlagan. Kubiklarni yiğiş jarayoni YouTube platformasida translatsiya qilindi.
Jorj Şoli spidkubing – Rubik kubigini tezkor yiğiş böyiça Britaniya çempioni, şuningdek, bu borada dunyodagi eng kuçlilar qatoriga kiradi.
Bir kun davomida yiğilgan kubiklar soni böyiça oldingi rekord 2013 yilda kanadalik Erik Laymbek tomonidan örnatilgan bölib, 5800 taga teng edi. U har bir kubikni yiğiş uçun örtaça 14,89 soniya sarfladi.
Rubik kubigi Ginnesning rekordlar kitobiga kirişning dunyodagi eng maşhur usullaridan biridir. Uşbu boşqotirma muxlislari, ayniqsa ösmirlar, har kuni kubikni yuqori tezlikda yiğiş böyiça rekord örnatişga urinadilar. Kubik nafaqat qöllar bilan, balki oyoqlar bilan va közi boğliq holda ham yiğiladi.

















