Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev yiğiliş yakunlariga qisqaça töxtalib, unda juda muhim qaror va kelişuvlarga erişilganini ta’kidladi.

Mamlakatlar örtasidagi döstlik va şeriklikni mustahkamlaşda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan hamda Turkmaniston Milliy kengaşi Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning alohida hissasi borligi qayd etildi. Şu munosabat bilan ularni Turkiy dunyoning oliy ordeni bilan taqdirlaş töğrisida qaror qabul qilindi.

Rajab Toyyib Erdöğan va Gurbanguli Berdimuhamedovga bu mukofotlarni prezident Şavkat Mirziyoyev topşirdi.

Davlat rahbari taşabbusi bilan Turkiy davlatlar taşkiloti doirasida Alişer Navoiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etilgan. Uning ilk sohibi turkiy dunyo birligiga qöşgan hissasi uçun buyuk adib va jamoat arbobi, uluğ gumanist Çingiz Aytmatov böldi. Bu mukofot Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovga topşirildi.

Rajab Toyyib Erdöğan, Gurbanguli Berdimuhamedov va Sadir Japarov mukofotlar uçun minnatdorlik bildirib, Samarqand sammiti juda samarali, xalqlar uçun manfaatli bölganini ta’kidladi.