Prezident tomonidan “Korporativ munosabatlar huquqiy asoslarini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror imzolandi.

Hujjat 2022 yil 1 dekabrdan qator talablar bekor qilinişini nazarda tutmoqda. Quyidagi taşkilotlarda içki audit xizmatini taşkil etiş:

  • MÇJlarda (aktivlari balans qiymati BHM 100 000 baravaridan köp bölgan davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan MÇJlar, kredit taşkilotlaridan taşqari);
  • aktivlari balans qiymati BHM 100 000 baravaridan kam bölgan davlat uluşi 50 foiz va undan yuqori bölgan AJ va DUKlarda;
  • MÇJ ta’sis şartnomasini davlat röyxatidan ötkaziş; 
  • MÇJ yuridik şaxs hisoblangan iştirokçilari vakillariga umumiy yiğilişda iştirok etiş uçun beriladigan işonçnomani notarial tartibda tasdiqlaş;
  • MÇJ taşkil etilganda zahira jamğarmasini ustav fondning kamida 15 foiz etib belgilaş.

Endilikda Oliy sud tegişli vazirliklar bilan:

  • har oyda Oliy sud rasmiy saytida, qonun hujjatlari milliy bazasida va ijtimoiy tarmoqlarda korporativ nizolarni köriş natijasi böyiça sud qarorlarini egasizlantirilgan holda e’lon qilib boradi;
  • har çorakda korporativ nizolar mavzusida sudya va xöjalik jamiyatlari vakillari iştirokida seminar va davra suhbatlarini taşkillaştiradi.

2023 yil 1 yanvardan boşlab davlat uluşi 50 foiz va undan yuqori bölgan jamiyatlar kuzatuv kengaşlari va iştirokçilar (aksiyadorlar) umumiy yiğilişlari bayonnomalari ön kunlik muddatda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi «Davlat mulki» tizimida e’lon qilinadi.

2023 yil 1 martdan unitar korxona va qöşimça mas’uliyatli taşkilot şaklida yuridik şaxs taşkil etişga qöyilmaydi, 2025 yil 1 yanvarga qadar esa mazkur şakldagi yuridik şaxslar boşqa şaklda qayta taşkil etiladi.

2023 yil 1 martdan boşlab Moliya vazirligi ikki kunlik muddatda OAV va (yoki) öz saytida quyidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi: qimmatli qoğozlar çiqarilişini davlat röyxatidan ötkaziş, uni töxtatib turiş, amalga oşmagan yoki haqiqiy emas deb topiş; qimmatli qoğozlar bozorida professional faoliyatni amalga oşiriş uçun litsenziya beriş, uning amal qilişini töxtatib turiş yoki tugatiş, litsenziyani bekor qiliş; qimmatli qoğozlar bozorida qimmatli qoğozlar bilan operatsiyalarni amalga oşirişi, xizmatlarni körsatiş va (yoki) işlarni bajariş huquqini beruvçi malaka sertifikatini beriş.