«Özgidromet» markazi hafta davomida — 14 noyabrdan 18 noyabrgaça bölgan davrdagi ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Duşanba kuni Özbekiston hududining katta qismida yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpoğiston, Xorazm viloyatida atmosfera fronti ötişida yomğir yoğadi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida esa biroz yomğir yoğişi mumkin. Kunduzgi harorat +9…+14 daraja iliq atrofida böladi.
15 noyabr kuni Özbekiston hududining katta qismida yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Volgaböyi hududlaridan sovuq havo massalari kirib kelişida Qoraqalpoğistonning ba’zi joylarida yomğir yoğadi, Ustyurtda yomğir qorga aylanişi ehtimoldan xoli emas. Havo harorati me’yor atrofida saqlanib turadi.
16 noyabrda sovuq havo massasi respublikaning barça hududlariga tarqaladi. Ba’zi joylarda yomğir yoğadi, ayrim joylarda yomğir qorga aylanişi mumkin. Qoraqalpoğiston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Kunduzgi havo harorati +5…+7 daraja iliqqaça pasayadi, bu uşbu kunning me’yoridan +8…+0 darajaga pastdir.
17 noyabrda yoğingarçilik kutilmaydi, lekin sovuq havo massasining ta’siri saqlanib turadi. Havo harorati keçasi –0…–2 daraja sovuqgaça pasayadi, kunduzi quyoş hisobiga +8…+10 daraja iliqqaça isiydi.
18 noyabrda Özbekiston hududiga Eron hududlaridan iliq va nam havo massalari kirib kelişi kutilmoqda, respublika böyiça ba’zi joylarda yomğir yoğişi mumkin.
Hafta davomida respublika böyiça ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin.
14–15 noyabr kunlari respublika böyiça ba’zi joylarda şamol 17–22 m/s.gaça kuçayadi, Qoraqalpoğiston, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida şamolning kuçayişi 25–28 m/s.ga yetişi mumkin.
Şuningdek, 14–18 noyabr kunlari respublikaning toğoldi va toğli hududlarida vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, 15–16 noyabrda Toşkent, Qaşqadaryo, Namangan viloyatlarida ba’zi joylarda yoğingarçilik kuçli bölişi mumkin, buning hisobiga toğoldi va toğli hududlarda sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

















