Qoraqalpoğistonning Taxiatoş tumani hokimi Ilhom Matkarimov 100 million söm porani turmuş örtoği orqali olgani ma’lum böldi. Bu haqda DXX tomonidan tayyorlangan maxsus lavhada ma’lum qilingan.

Ma’lum qilinişiça, hokim mahalliy fermer xöjaligi rahbariga şoliçilik faoliyati bilan erkin şuğullanişiga amaliy yordam berişni va’da qilib, undan 100 million söm talab qilgan va kelişilgan pulni xonadoniga olib borib, rafiqasiga berişni aytgan.

«Hokimning rafiqasi 100 million sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan», — deyiladi lavhada.

Avvalroq Qoraqalpoğistonning Taxiatoş tumani hokimi Ilhom Matkarimov 1 noyabr kuni qamoqqa olingani, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi va 25, 211-moddasi (pora beriş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgani xabar qilingandi. Öşanda prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda Ilhom Matkarimovning turmuş örtoği ham qamoqqa olingani haqidagi xabarlarni rad etgandi.