Özbekiston prezidentining farmoni bilan Akbar Jöraboyeviç Toşqulov Özbekiston Respublikasi adliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Akbar Toşqulov 1971 yilda Jizzax viloyatida tuğilgan. Ma’lumoti oliy, 1994 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan, huquqşunos, 1-darajali adliya maslahatçisi. «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yurist» unvoni bilan taqdirlangan.

U öz mehnat faoliyatini 1994-1995 yillarda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boşqarmasining katta maslahatçisi lavozimidan boşlagan.

Akbar Toşqulov adliya organlari tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan bölib, 2005-2013 yillarda Surxondaryo viloyat, 2013-2017 yillarda Sirdaryo viloyat adliya boşqarmalari boşliği,  2017-2021 yillar davomida Özbekiston Respublikasi adliya vazirining örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2021 yil 10 dekabr kuni Toşkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlangandi.

  • 15 noyabr kuni 2017 yildan buyon Adliya vazirligiga rahbarlik qilib kelgan Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlaniş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlangandi.