Prezident matbuot xizmati xabariga köra, YeTTB bilan hamkorlik joriy holati va uni kengaytiriş istiqbollari körib çiqildi. Davlat rahbari oxirgi olti yilda Özbekistonning uşbu nufuzli moliyaviy instituti bilan aloqalari misli körilmagan darajaga kötarilganini qayd etdi. Bank ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oşirişda Özbekiston asosiy hamkorlaridan biri ekani aytildi.

Uçraşuvda davlat-xususiy şeriklik mexanizmlarini joriy qiliş, energetika, transport-logistika, soğliqni saqlaş, ta’lim, uy-joy kommunal xöjalik sohalarida DXŞ loyihalarini amalga oşiriş, «yaşil» taraqqiyot, xotin-qizlar va yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş kabi ustuvor yönalişlarda özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş yuzasidan fikr almaşildi.

Odil Reno-Basso mamlakatda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuksak baholadi hamda sermahsul şeriklikni kengaytirişga tayyorligini bildirdi. Kelgusi yilda Samarqand şahrida bank boşqaruvçilari navbatdagi yillik yiğilişini ötkazişga tayyorgarlik amaliy jihatlari ham muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunida mamlakatning YeTTB bilan hamkorligini mustahkamlaşga qaratilgan aniq tadbirlardan iborat «yöl xaritasi»ni qabul qilişga kelişib olindi.