Ijtimoiy tarmoqlarda Termizda harbiy xizmat ötayotgan qarşilik yigit vafot etgani töğrisida xabarlar tarqaldi. Mudofaa vazirligi hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.

“Termizdagi harbiy qismlarning birida xizmat qilayotgan oddiy askar K.Q. soğligi böyiça şikoyat qilgani sababli 11 noyabr kuni Markaziy harbiy klinik gospitalga yotqizilgan.

Tibbiy tekşiruvlar natijasida bemor K.Q.da “yurakning öng bölmaçasida kontrast töldiriş defekti (tromb), köks oraliğida hajmli hosila, ikki tomonlama gidrotoraks” aniqlangan. 14 noyabr kuni bemor şoşilinç ravişda “American Hospital” klinikasiga kardioxirurg konsultatsiyasiga olib borilgan.

Bemor hayoti uçun taşxis va jarrohlik operatsiyasi öta xavfli hisoblanadi. Ammo hayotiy körsatmalarga asosan jarrohlik operatsiyasini bajariş lozimligi sababli klinikada gospital mutaxassislari iştirokida jarrohlik operatsiyasi ötkazilgan.

Bemorning umumiy ahvoli ötkazilgan jarrohlik operatsiyasiga mos ravişda oğirligiça qolgan. Ötkazilgan reanimatsion çora-tadbirlarga qaramasdan bemorda biologik ölim qayd etilgan”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Avvalroq Qaşqadaryoda xizmat burçini ötayotgan 18 yaşar askar uyiga tobutda qaytgandi. Marhumning ota-onasi Kun.uz’ga bergan intervyusida farzandlarining ölimi bilan boğliq talay savollar oçiq qolayotganini aytişgandi.

Toşkent viloyatidan harbiy xizmatga çaqirilganidan 50 kun ötib vafot etgan askarning ölimi böyiça jinoyat işi qözğatilgandi. Sud tibbiy ekspertizasi komissiyasiga köra ölim traxeobronxomalyatsiya deb nomlanuvçi tuğma kasallik va ötkir nafas yetişmovçiligi natijasida röy bergan. Harbiy prokuratura Ruslan Qidiraliyevning ölimida biror bir şaxs aybdor emas