Sanoat xavfsizligi qömitasining “Atom energiyasidan foydalaniş obektlari uçun sifatni ta’minlaş dasturlariga qöyiladigan talablarni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Talablar «Atom energiyasidan tinçlik maqsadlarida foydalaniş töğrisida» qonuniga muvofiq işlab çiqilgan va atom energiyasidan foydalaniş obektlari sifatini ta’minlaş dasturlariga, atom energiyasidan foydalaniş obektlarida sifatni ta’minlaş dasturlari tuzilişi, tarkibi va ularni işlab çiqiş tartibiga qöyiladigan talablarni belgilaydi.

Atom energiyasidan foydalaniş obektlari uçun sifatni ta’minlaş dasturlari quyidagilarga bölinadi:

  • atom energiyasidan foydalaniş obektlari «hayot» davri barça bosqiçlarida uning xavfsizligiga ta’sir körsatuvçi barça bajariladigan işlar va körsatiladigan xizmatlarga taalluqli bölgan umumiy sifatni ta’minlaş dasturlariga;
  • atom energiyasidan foydalaniş obektlari «hayot» davri alohida bosqiçida va (yoki) atom energiyasidan foydalaniş sohasida litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oşirişda atom energiyasidan foydalaniş obektlari xavfsizligiga ta’sir qiluvçi faoliyatni amalga oşiradigan taşkilotlar xususiy sifatni ta’minlaş dasturlariga.

Ekspluatatsiya qiluvçi taşkilot:

umumiy sifatni ta’minlaş dasturlarini işlab çiqişni taşkillaştirişni, tasdiqlaşni, amalga kiritişni, bajarişni, ular bajarilişini tekşirişni va bajariliş natijadorligini baholaşni;

ekspluatatsiya qiluvçi taşkilot uçun işlarni bajaruvçi va xizmat körsatuvçi taşkilotlar sifatni ta’minlaş dasturlarini kelişişni, ular bajarilişi ustidan nazoratni va bajariş natijadorligini baholaşni amalga oşirişi kerak.

Atom energiyasidan foydalaniş sohasida faoliyatni amalga oşiruvçi taşkilot:

  • öz xususiy sifatni ta’minlaş dasturi işlab çiqilişini taşkil etişni, uni tasdiqlaşni, amalga kiritişni, bajarişni, bajarilişi ustidan nazoratni va bajariş natijadorligini baholaşni;
  • öz pudratçi taşkilotlari sifatni ta’minlaş dasturlarini kelişişni, bajarilişi ustidan nazoratni va bajariş natijadorligini baholaşni amalga oşirişi kerak.

Atom energiyasidan foydalaniş sohasida faoliyat olib borilayotgan bir yoki bir neçta atom energiyasidan foydalaniş obektlariga nisbatan atom energiyasidan foydalaniş sohasida bir neçta faoliyat turi uçun bitta sifatni ta’minlaş dasturi işlab çiqilişi joizligi, atom energiyasidan foydalaniş obektlariga yetkazib beriladigan bir qator mahsulotlarni loyihalaş (konstruksiyalaş) va (yoki) tayyorlaşda yoki turli atom energiyasidan foydalaniş obektlarida işlarni bajariş (xizmatlar körsatiş)da bitta xususiy sifatni ta’minlaş dasturini işlab çiqiş joizligi tegişli sifatni ta’minlaş dasturida asoslanişi lozim.